Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamlovchi son
Chama son
Predmetning taxminiy miqdorini bildiruvchi sonlar chama son deyiladi. Chama son predmet miqdorini aniq bildirmaydi. Chama son quyidagicha yasaladi: 1. Sanoq songa -tacha qo`shimchasini qo`shish bilan: beshtacha, yigirmatacha. Bu qo`shimcha birdan boshqa sonlarga qo`shiladi. 2. Sanoq sonlarga -lab qo`shimchasini qo`shish bilan. Bunda ko`p predmet tasavvur qilinadi: o`nlab, yuzlab, minglab. 3. Sanoq sonlarga -lar qo`shimchasini qo`shish bilan. Bunda chama, taxmin ma'nosi ifodalanadi: soat beshlar, u yigirmalarda edi. 4. Sanoq sonlarga -larcha qo`shimchasini qo`shish bilan. Bunda chama, jamlash ma'nosi ifodalanadi: yuzlarcha, minglarcha. 5. Ikki sanoq sonni juftlab keltirish orqali ham chama son tuziladi: besh-olti bola, yetti-sakkiz qiz bor edi. Ammo sonlar yonma-yon kelganda, hamma vaqt ham chama ma'nosi anglashilavermaydi. Chog`ishtiring: 1918-1922 yillarda grajdanlar urushi bo`ldi. Bunda -dan, -gacha aniq son ma'nosi ifodalangan. Men 30-35 yillarda universitetda o`qir edim. Dona sonlar takrorlanib kelganda, chama ma'nosi anglashiladi: Xiyol o`tmay yana uch-to`rtta o`q otildi (A.Q.). Bulardan tashqari chama, yaqin, ko`proq, ortiq, oshgan, o`rtasida kabi maxsus so`zlar yordami bilan ham chama ma'nosini ifodalash mumkin: Uning yonida ikki bola – biri o`n, ikkinchisi o`n ikki yashar chamasi bor edi. (O.) Yigirmaga yaqin yigitni ayirdi. (O.) Jamlovchi son Bir turdagi predmetlarni jamlab ko`rsatadigan son jamlovchi son deyiladi. Jamlovchi sonlar quyidagicha hosil bo`ladi: Sanoq songa -ov qo`shimchasini qo`shish bilan: ikkov, uchov, beshov. Bu qo`shimcha bir so`ziga qo`shilib kelganda gumon olmoshi hosil bo`ladi: Birov keldi. (Kimdir ma'nosida). Ba'zi vaqtda -ov qo`shimchasi -ovlon shaklida kelib, jamlikni ko`rsatadi. Oltovlon ola bo`lsa og`zidagini oldirar. (Maqol) Ne xush bo`lg`ay ikkovlon mast bo`lsak vasl bog`inda, Qo`lim bo`lsa aning bo`yninda-yu, og`zim qulog`inda. (A. Navoiy) Sanoq sonlarga -ala qo`shimchasini qo`shish bilan: ikkala, uchala, to`rtala. Unli bilan tugagan ikki, olti, yetti kabi sonlarga -ov, -ala qo`shimchalari qo`shilganda, oxirgi unli tushib qoladi: ikki-ikkov, olti-oltov, ikki-ikkala, yetti-yettala. -ovlab, -ovlashib qo`shimchalarining sanoq sonlariga qo`shilib kelishidan jamlovchi sonlar hosil bo`ladi: uchovlashib ichkariga kirishdi. (M. Ism.) Bu vazifani ikkovlab bajardik. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling