Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet44/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Dona son
Predmet miqdorining donalab sanalishini bildiruvchi sonlar dona son deyiladi.
Sanoq sonlarga -ta qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi: uchta, beshta, oltita.
-ta formasi numerativ so`zlardan oldin qo`shilmaydi. Beshta tup daraxt emas, besh tup daraxt deyiladi.
Taqsim son
Predmetlarning miqdor jihatdan teng bo`linganligini bildiradi.
-tadan qo`shimchasini sanoq sonlarga qo`shish bilan hosil hilinadi: uchtadan, beshtadan, oltitadan.
Bundan tashqari, sonning boshqa turlarini takrorlash bilan ham taqsim; ma'nosi ifodalanadi: ikkov-ikkov, uchta-uchta bo`lib ketishdi, uch-uch, to`rt-to`rt bo`lib kelishdi.
Kasr son
Butunning qismini ifodalaydigan sonlar kasr son deyiladi: uchdan bir, oltidan ikki, o`ndan uch kabi. Tilda kasr ma'nosini bildirgan maxsus so`zlar ham bor: yarim, chorak, nim, nimchorak (chorakning yarmi).
Tuzilish jihatidan kasr sonlar tarkibli sanaladi. Kasr va butun sonlar aralash holda ham ishlatiladi. Besh butun ikkidan bir kabi.
Tartib son
Predmetning sanalish tartibini bildirgan sonlar tartib son deyiladi. Tartib sonlar sifatlarga yaqin bo`lib, ular kabi predmet belgisini bildiradi.
Sanoq sonlarga -nchi, -inchi qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil qilinadi: ikkinchi kurs, oltinchi uy, uchinchi sinf.
Tarkibli sonlardan tartib sonlar yasalganda, qo`shimcha eng keyingi songa qo`shiladi: bir yuz oltinchi maktab.
-inchi, -nchi qo`shimchasi o`rnida ba'zan -lamchi formasi ham ishlatiladi. Bu qo`shimcha predmetning tartibiga ko`ra belgisini emas, sanaladigan voqea-hodisalarning tartibi, sirasini bildiradi: uning ikkita aybi bor: birlamchi, jussadan bergan emas, ikkilamchi, xotinidan ko`p urish eshitadi. (A. Q.)
-nchi, -inchi qo`shimchasi modal ma'noli so`zlar ham yasaydi, Bundan «oldingi», «avvalgi», «boshqa» degan ma'nolar ifodalanishi mumkin: Gulning birinchi g`unchasi kuttirib ochildi. (S. Ahm.) Bu, shubhasiz, bizning yutug`imiz. Lekin ikkinchi tomoni ham bor, esdan chiqarmaslik kerak. (A. Q.)
Tartib son otlar bilan grammatik munosabatga kirishganda, ikki holatni ko`rish mumkin: a) sonni ifodalovchi tartib son: uchinchi sinf, oltinchi uchastka; b) mazmunan sifatga yaqin turgan belgi ma'nosini bildiradi. Bunda predmetning tartibi emas, balki uning xususiyati, belgisi e'tiborga olinadi: birinchi sort un, ikkinchi nav paxta.
Tartib son arab raqamlari bilan yozilganda, chiziqcha qo`yiladi. Rim raqamlaridan so`ng chiziqcha qo`yilmaydi: 5-uy, 5-may, XVII tom.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling