Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet45/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Sonlarning otlashuvi
Son turkumiga oid so`zlarning ot vazifasini bajarishga o`tishi sonning otlashuvi (substantivasiya) deyiladi.
Son abstrakt ma'noda qo`llansa, u ko`pincha otga yaqin vazifani bajaradi. Konkret predmet bilan kelsa, belgini ko`rsatadi-aniqlovchi bo`lib keladi. Gapda son aniqlab keladigan ot tushib qolib, otlashib (substantiyalashib) o`sha ot bajargan vazifani bajaradi. Sonlar otlashib, otga xos bo`lgan egalik, kelishik qo`shimchalarini olib, gapda ega, to`ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi vazifasida keladi (-tadan qo`shimchasi orqali yasalgan sonlarda bu xususiyat ko`rinmaydi). Masalan: o`nning yarmi besh. Oltini ikkiga qoldiqsiz bo`lish mumkin. Bilagi zo`r birni yiqar, bilimi zo`r mingni yiqar. (Maqol) Kitobning yuz elliktachasi bizga berildi. Sonlar oglashganda aniqlanmish ot sondan keyin kelishi mumkin. To`rtta olma oldim, o`rniga olmadan to`rttasini oldim deb qo`llanadi.
Sonlarning sintaktik xususiyatlari quyidagicha:
1. Ot bilan birikib aniqlovchi bo`lib keladi: Ikkita qiz gul terdi.
2. Sonlar hech qachon belgi ifodalovchi so`zlarni o`ziga tobe qilib kelmaydi, aniqlovchi olmaydi.
3. Sonlar otlashganda, ot bajargan vazifalarni bajaradi: Olimlarning har ikkisi tuproqshunos. Moskvada soat ikki. Buxoroda to`rt.
4. Sonlar kirish so`z vazifasida ham keladi: Birinchidan, darsga kechikmaslik, ikkinchidan, tartibni saqlash kerak.
Son turkumining tahlil namunasi:
1. So`z turkumiga ko`ra (son).
2. Sonning tuzilishiga ko`ra (sodda, tarkibli, juft).
3. Sonning ma'no jihatdan turi (miqdor yoki tartib).
4. Miqdor sonning turiga ko`ra (sanoq, chama, jamlovchi, donalik, taqsim, kasr sonlar).
5. Hisob, so`zlar ma'nosi.
6. Sonning gapdagi vazifasi.

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Son, sonning umumiy ma'nosi, sodda son, takror son, sanoq son, chama son, jamlovchi son, kasr son, dona son, taqsim, tartib son, hisob so'zlar, sonning gapdagi vazifasi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Son lug'aviy jihatdan qanday ma'noni bildiradi?
2. Son tuzilishiga ko'ra necha turga bo'linadi?
3. O'zbek tilida son qanday xususiyatlarga ega?
4. O'lchov so'zlar (numerativlar) haqida nima bilasiz?
5. Sanoq sonlardan «bir» qanday tabiatga ega?
6. Chama son hosil qiluvchi qo'shimchalar qatorini tuzing.
7. Predmetlarni donalab sanash uchun qanday vositalardan foydalaniladi?

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling