Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
Kishilik olmoshlari
Shaxs o`rnida qo`llaniladigan olmoshlarga kishilik olmoshlari deyiladi. Ba'zi kishilik olmoshlari shaxsni ifodalash bilan birga ko`rsatish-ma'nosini ham bildiradi. Shunga ko`ra kishilik olmoshlarini ikkiga bo`lish mumkin: 1) sof kishilik olmoshlari (men, sen, biz, siz), 2) kishilik ko`rsatish olmoshlari (u, ular). Tarixiy jihatdan kishilik olmoshlari I sh. bi II sh. si, III sh. ul bo`lgan. Kishilik olmoshlarini sxemada quyidagicha ko`rsatish mumkin.
Kishilik olmoshlari so`zlash prosessida uch shaxsni bildiradi. I shaxs-men (so`zlovchi), II shaxs-sen (tinglovchi), III shaxs -u (o`zga). Demak, kishilik olmoshlari ikki son (birlik va ko`plik), uch shaxsni ko`rsatadi. I va II shaxsda birlik va ko`plik ayrim-ayrim so`zlar orqali ifodalanadi. Ill shaxsning ko`pligi esa u olmoshiga -lar qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi. «Biz» olmoshi faqat ko`plikni ifoda etib qolmay, yana ba'zi bir ma'no ottenkalarga ega: 1. Shaxsning, so`zlovchining ko`pchilik nomidan gapirayotganligini anglatadi: Biz o`z ishimizdagi kamchiliklarni hisobga olishimiz kerak. 2. Kamtarinlik ma'nosini bildiradi: Biz bu maqolani yozishda talabalar fikrini ham hisobga oldik. 3. Mag`rurlikni bildiradi: Suv xabarini biz keltirdik. Siz olmoshi II shaxs ko`plik ifodalashdan tashqari biror shaxsga hurmat ma'nosini ham bildiradi: Karima dadasiga: «Siz bugun qanday ovqat yeysiz?»,-dedi. Shuning uchun ham siz olmoshi ko`pincha birlik deb tasavvur etiladi, ko`plik ma'nosini ifodalash uchun -lar qo`shimchasi qo`shiladi. Demak, ko`plik ma'nosi ikki shakl: siz va sizlar bilan ifodalanadi: Yov boshiga mangu soling qora kulfatni, Sizga behad sog`liq tilab yubordik xatni. («Xat») Ilg`or, ishchilar, sizlarniig xalq xo`jaligimiz uchun qilayotgan mehnatlaring hamisha qadrli. Ko`rinadiki, «biz», «siz» ba'zan ular birlik va ko`plik ma'nosida ishlatiladi. Buni kontekstdan anglash mumkin bo`ladi. Agar so`zlovchi ko`plikni qayd qilmoqchi bo`lsa, «biz» va «siz» olmoshlariga -lar shaklini qo`shadi: bizlar, sizlar, senlar. Kishilik olmoshlarining 3-shaxs birligi «u», ko`pligi «ular». Shaxs va predmetlarni ko`rsatadi. Kim? nima? so`roqlariga javob bo`ladi. «U» ko`rsatish olmoshi bo`lib kelganda, shaxs va predmetlarni ko`rsatish uchun xizmat qiladi. Qaysi? so`rog`iga javob bo`ladi: Tuvakda bir tup gul o`stirgan odam u gulning biror yaprog`iga shikast yetkazmaydi. (A. Q.) Kishilik olmoshlari ot singari kelishiklar bilan turlanadi: men, mening, meni, menda, menga, mendan. Ko`rinayaptiki, kishilik olmoshlari tushum va qaratqich kelishiklari bilan turlanganda, bir «n» tushib qoladi. III shaxs (u) kelishiklar bilan turlanganda, bir «n» orttiriladi: unga, unda, undan. Egalik qo`shimchalari kishilik olmoshlariga, odatda, qo`shilib kelmaydi. Ba'zan III shaxs kishilik olmoshlari ko`rsatish ma'nosida kelganda otlashib egalik qo`shimchasini qabul qilishi mumkin: Unisi uch yoshga kirdi. Bunisi kattasidan aqlli. Kishilik olmoshlariga -niki qo`shimchasini qo`shish bilan konkret bo`lmagan, abstrakt egalik bildiriladi: meniki, seniki, uniki. Ba'zi kitoblarda -niki bilan yasalgan olmoshlarni «egalik olmoshi» deb yozilgan. (Qarang: Hozirgi o`zbek adabiy tili. T.: 1966-yil, 259-bet). I va II shaxs kishilik olmoshlari predikativlik qo`shimchasi vazifasida ham keladi: studentman, studentsan, o`qimoqdaman, o`qimoqdasan. Kishilik olmoshlari gapda ega, kesim, aniqlovchi, to`ldiruvchi bo`lib keladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling