Щозирги ызбек адабий тили


Jamlash - belgilash olmoshlari


Download 0.6 Mb.
bet50/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Jamlash - belgilash olmoshlari
Predmetning yig`indisini, to`dasini bildirib, ularni: ayirib, ta'kidlab ko`rsatadi. Shunga ko`ra ularni ikki kichik gruppaga: jamlash va belgilash olmoshlariga ajratish mumkin. Birinchi gruppaga kiruvchi olmoshlar jamlashnigina ifodalasa, ikkinchi gruppaga kiruvchi olmoshlar esa predmetni qisman jamlash bilan ta'kidlab, aniqlab ham ko`rsatadi.
1. Jamlash olmoshlariga hamma, bari, barcha, butun, yalpi so`zlari kiradi.
«Hamma» olmoshi predmet za shaxslar to`dasini ko`rsatadi: Hammaning eti jimirlab ketdi. (A. Q.)
«Hamma» olmoshi predmetlar belgisini jamini ko`rsatadi, sifat xarakterida bo`ladi: Ekilgan hamma daraxt ko`karibdi.
«Hamma» olmoshi gapning uyushiq bo`laklaridan keyin oldin qo`llanib umumlashtiruvchi so`z vazifasida keladi: Onam, opam, akam va men – hammamiz dasturxon atrofida davra qurganmiz. (O.)
«Bari», «jami» olmoshlari ham predmet va shaxslarning yig`indisini ifodalaydi: Qizlarning barisi shu yerda . Kelganlarning jamisi – o`n sakkizta.
«Barcha» (bor+i+cha) olmoshi ko`proq sifat xarakterida qo`llanib, predmetning miqdoriga ko`ra belgisini ifodalaydi: barcha odamlar maydonga chikdi.
«Butun» harakatning miqdoriga ko`ra belgisini ifodalaydi: Hali butun qishloq uyquda. (U).
Belgilash olmoshlari har so`zi va shu so`zning so`roq olmoshlari, shuningdek, bir, narsa kabi so`zlar bilan qo`shilishidan hosil bo`ladi.
Belgilash olmoshlari tuzilishiga ko`ra ikki xil: tub so`z (har) va qo`shma so`z holida (har qancha, har nima, har bir) qo`llanadi. «Har» so`zning o`zi yakka holda qo`llanib, predmetni sanab, ta'kidlab ko`rsatish orqali uning belgisini ifodalaydi: Har bahor ham shu bo`lar takror. (H. O.)
«Har» so`roq olmoshlari bilan birikib umumlashtirish ma'nosini ifodalaydi: Har qanaqa masala ko`pchilikning ra'yiga qarab hal etilishi kerak. (A. Q.)
Belgilash jamlash olmoshlari gapda ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo`lib keladi.
Bo`lishsizlik olmoshlari
Predmet yo belgini inkor qilish uchun qo`llaniladigan olmoshlar bo`lishsizlik olmoshi deyiladi.
Bo`lishsizlik olmoshlari so`roq olmoshlariga yoki bir, narsa so`zlariga inkor bildiruvchi hech so`zini qo`shish bilan tuziladi va olmoshning negizida ifodalangan umumiy ma'noni inkor etadi: hech, hech kim, hech nima, hech qaysi, hech bir, hech qachon.
Bo`lishsizlik olmoshlari tuzilishiga ko`ra sodda (hech) va qo`shma (hech nima, hech kim) shaklda bo`ladi.
Bo`lishsizlik olmoshlari qatnashgan gaplarda kesim har vaqt bo`lishsizlik formasida bo`ladi: hech kim bormagan, hech kim gapirmadi.
«Hech» so`zi yakka holda qo`llanganda ko`pincha fe'llar oldidan kelib, ravish funksiyasini bajaradi va ish -harakatning batamom inkorini bildiradi. Onasi xursand bo`lsa ham, hech uxlay olmadi. (O.)
Hech so`zi vaqt, mahal so`zlari bilan birikib paytga nisbatan inkorni ifodalaydi: Uni hech vaqt kamsitmas edi.(O.)
Qo`shma so`z shaklida qo`llangan inkor olmoshlari gapda birdan ortiq kelishi mumkin. Bunday gaplarda bir necha inkor ifodalangan bo`ladi: Men hech qachon hech kimning ustidan hech qayerga arz qilganim yo`q. (A. Q.)
Yuqorida sanab o`tilgan bo`lishsizlik olmoshlaridan tashqari, bir narsa, «bir nima» shaklida tuzilgan qo`shilmalar ishtirok etgan gaplarning kesimi bo`lishsizlikni ifodalasa, inkor olmoshi vazifasini bajaradi. Turg`unoy to Maston olib bermaguncha qo`l uzatib bir narsa olmas edi. (Hech narsa olmas edi ma'nosida) (A. Q.)
Kimsa so`zi ham inkor olmoshi o`rnida qo`llanib, shaxsga nisbatan inkor ma'nosini bildiradi. Uyda kimsa yo`q edi. (Hech kim yo`q edi ma'nosida)
Bo`lishsizlik olmoshlari gapda turli vazifalarda kela oladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling