Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
Gumon olmosh
So`zlovchiga noma'lum, noaniq predmetlar yo belgilarga ishora qiluvchi olmoshlar gumon olmosh deyiladi. Gumon olmoshlari, asosan, ot va sifat xarakterida qo`llaniladi: Muhriddin aka allakimdan xursand bo`lib chiqib ketdi. (A. Q.) Gumon olmoshlari quyidagicha tuziladi: 1. So`roq olmoshlariga alla elementini qo`shish bilan: allakim, allaqanday. Bu shaxs va predmetlarga nisbatan noaniqlik ifodalaydi: Allakimdan eshitgan, allaqanday aravakash. 2. So`roq olmoshlariga -dir morfemasini qo`shish bilan: nimadir, kimdir, qayerdadir bir qo`shiqni sekin aytdi. (O.) 3. So`roq, olmoshlari oldidan bir so`zini keltirish bilan: Ko`zimga bir nima ko`rindi. «Birov» so`zi begona, notanish ma'nosida keladi: Birov eshikni qoqdi. (A. Q.) Ba'zi so`zi gumon olmoshi ma'nosida keladi: ba'zi odamlar, ba'zi ishlar. Gumon olmoshi formalari aralash holda ham ishlatiladi: Onaxon bu gaplarni tinglarkan, allanimalardandir quvonar, allanimalardandir qo`rqar edi. (A. Q.) Boshqa turkumdagi so`zlarning olmoshga ko`chishi -pronominalizatsiyadir. Nutqdagi ma'lum sharoitga qarab ba'zi ot, sifat va sonlarning asl ma'nosi o`zgarib abstraktlashadi, umumlashadi, olmoshga, yaqinlashadi. Bu hodisaga pronominalizatsiya deyiladi. (Pronomos lotincha olmosh demakdir.) Pronominalizatsiya natijasida ot predmetni, sifat belgini, son esa miqdorni bildirmay, o`sha ma'nolarga ishora qiladi: odam, kishi, narsa kabi otlar: Uning ko`nglini olishga bir inson topilmadi (hech kim). Bir narsa olib keldi (nimadir); ayrim, tubandagi kabi sifatlar: Vazifalarimiz tubandagilardan iborat (shulardan). Bir soni: biri keldi, biri-kelmadi (u); odam ketgisi kelyapti (men). Olmoshlar sintaktik jihatdan yuqorida qayd etilganidek, turli gap bo`laklari vazifasida kela oladi. Ba'zi adabiyotlarda olmoshlarni «ko`rsatuvchi so`zlar» termini bilan ham yuritiladi. Bunda olmoshlarning mustaqil leksik ma'no ifodalay olmasligi va ularning o`zigagina xos morfologik va sintaktik xususiyatlari yo`qligi hisobga olinadi. Ya'ni olmoshlar mustaqil ma'noli so`zlar bo`lmay, narsa va hodisalarni ko`rsatuvchi, ularning borligiga ishora qiluvchi ko`rsatuvchi so`zlardir degan xulosa beriladi. Bu fikr bizningcha ham to`g`ridir. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling