Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet53/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

I. Harakat fe'llari inson, hayvon, jonsiz predmetlarga xos faoliyatni ifodalaydi. Ular yurish, ta`sir etish, zarb berish kabilar bilan bog`liq bo`ladi.
Qo`l, yuz, og`iz, gavda bilan bog`liq harakatlarda harakatlantiruvchi obyektlar yaqqol ko`rinib turadi. Masalan:
1. Oyoq harakati bilan bog`liq fe'llar. Bu harakat, asosan, “yurmoq” fe'li bilan beriladi. Yurish bilan bog`liq bo`lgan:
a) yo`rg`alamoq;
b) pildiramoq:
d) chopmoq:
e) lapanglamoq.
2. Qo`l harakati bilan bog`liq bo`lgan fe'llarga quyidagilar kiradi:
a) ushlamoq va uning ko`chma ma`nolari;
b) silamoq:
d) tirnamoq:
e) shapaloq;
f) chimchilamoq.
II. Nutq fe'llari gapirish harakat bilan bog`liqdir. Bunday fe'llar inson faoliyati bilan aloqador bo`ladi.
a) gapirmoq (sinonimlari-so`zlamoq, aytmoq, demoq):
b) bidirlamoq;
d) to`ng`illamoq;
e) g`o`ldiramoq.
III. Holat fe'llari. Inson tabiatiga xos bo`lgan jismoniy, ekspressiv-ruhiy holatlar o`ziga xos xarakterga ega. Holatlarni to`rtga bo`lishimiz mumkin:
a) ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog`liq);
b) tashqi holat (xursandlik, darg`azablik ... bilan bog`liq);
d) jismoniy holat (sog`lomlik, betoblik, kuchlilik, zaiflik... bilan bog`liq);
e) ijtimoiy holat (boylik, kambag`allik ... bilan bog`liq fe'llar).
Ruhiy-psixologik holat fe'llari, asosan, insonga xos bo`lib, o`y-xayol, eslash, unutish, dard-alam tortish, achiqlanish, kuyish... bilan bog`liqdir. Bular, asosan, turg`un va frazeologik ibolar bilan beriladi va, shuningdek, ushbu fe'llar miya (o`y, tafakkur), yurak (ko`ngil) bilan bog`liq bo`lib, xuddi shu so`zlarning o`zi ham nutqda ba`zfn ishtirok etadi. Bunday fe'llar yangi dastur va darsliklarda (maktablar uchun) tafakkur fe'llari deb berilgan:
O`yga tolmjq - o`yga cho`mmoq
O`ylab - o`ylab o`yiga yetolmaslik
Xayoli qochmoq
Eslamoq – yodiga olmoq
Ko`z o`ngiga keltirmoq
Ko`nglidan o`tkazmoq
Esiga tushmoq
Esidan chiqmoq
Ko`ngliga tugib qo`ymoq.
Yasamoq, qurmoq, bunyod etmoq, hosil ,o`lmoq, chizmoq, yozmoq, barpo qilmoq, arralamoq, parchalamoq, sayqal bermoq, randa qilmoq, sindirmoq, yemoq, o`chirmoq.... kabi natijali faoliyat fe'llari va o`ylamoq, xayol surmoq, hukm chiqarmoq, o`yga botmoq, ko`z oldiga keltirmoq kabi tafakkur fe'llari ham mavjud. Bular sodda va qo`shma holatda bo`ladi.
Fe'l stilistikasini o`rgangan olima M. Sodiqova bu o`rinda munosabat fe'llarini berib, ularni guruhlarga ajratadi:
1. Ijobiy xarakterdagi munosabat fe'llari;
2. Salbiy xarakterdagi munosabat fe'llari.
Birinchi guruhga-erkalamoq, yaxshi ko`rmoq, maftun bo`lmoq, rom etmoq, eon bosmoq, o`rtaga tushmoq, rahmi kelmoq, xushomad qilmoq, e`zozlamoq, parvona bo`lmoq kabilarni kiritgan.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling