Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:
Fe'lning umumiy ma'nosi, o'timli va o'timsiz fe'l, fe'lning lug'aviy ma'no guruhlari, fe'l yasash sistemasi, fe'l yasash qoliplari, affiksasiya, kompozisiya.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Fe'lning umumiy ma'nosi nima?
2. Fe'l so'z turkumining asosiy morfologik belgilari qaysilar?
3. O'timli fe'l bilan o'timsiz fe'lning asosiy farqi nimada?
4. Fe'lning lug'aviy ma'no guruhlarini sanang.
5. Fe'l asosan qaysi usullar bilan yasaladi?
Adabiyotlar:
1. Ne`matov H. va b. Ona tili. 6-sinf uchun darslik. Toshkent. “O`qituvchi” 2000.
2. Расулов Р. Ызбек тилида холат феъллари ва уларнинг облигатор валентликлари. Тошкент, «Фан», 1989 йил.
3. Соди=ова М. Феъл стилистикаси. Тошкент, 1975 йил.
4. Цалкаламанидзе А.А. Валентность глаголов в свете их семантико-синтаксических свойств. (На материале турецкого и узбекского языков) АДД. Ленинград, 1988 год.
15-mavzu. FE'LNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI. NISBAT KATEGORIYASI REJA:
1. Fe'lning grammatik kategoriyalari haqida.
2. Nisbat kategoriyasi va uning mohiyati.
3. Fe'l nisbatlarining mazmuni va qo`llanishi.
So`z turkumlari orasida fe'llar eng boy va murakkab grammatik kategoriyalarga ega.
Fe'l quyidagi grammatik kategoriyalarga ega: 1. Nisbat; 2. Bo`lishli-bo`lishsizlik; 3. Mayl; 4. Shaxs-son; 5. Zamon.
Nisbat kategoriyasi
Harakatning sub'yekt va ob'yektga bo`lgan munosabatini ko`rsatadigan kategoriya nisbat kategoriyasi deyiladi.
Harakat bilan sub'yekt va ob'yekt orasidagi munosabat turli-tumandir. Bu munosabatlar maxsus fe'l formalari orqali ifodalanadi. Bir formada sub'yektning harakati bevosita ob'yektga o`tganligi ifodalansa, boshqa bir formada sub'yektning harakati uning o`ziga qaytganligi, harakatning ob'yekti ham, sub'yekti ham uning o`zi ekanligi anglashiladi: O`ktam g`urur bilan jurnalni ochdi (O.) Navoiy sexrli sadolarga beixtiyor berildi. (O.)
Fe'lning besh nisbat shakli bor: bosh nisbat, o`zlik nisbat, orttirma nisbat, birgalik nisbat, majhul nisbat;
Do'stlaringiz bilan baham: |