Щозирги ызбек адабий тили


Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet58/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Tasdiq, inkor, bo'lishsizlik ma'nosining ifodalanishi, -ma qo'shimchasi, emas, yo'q so'zlari, fe'l kesimda bo'lishsizlik, ot kesimda bo'lishsizlik, ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasiga bo'lishsizlik qo'shimchasining qo'shilishi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Bo'lishli-bo'lishsilik kategoriyasi nimani ifodalaydi?
2. Bo'lishsizlik ma'nosi qanday vositalar bilan ifodalanadi?
3. –ma qo'shimchasi qanday fe'llarga qo'shiladi?
4. Emas yordamchi so'zi –ma qo'shimchasidan qo'llanishiga ko'ra farq qiladimi?

Adabiyotlar:


1. Шоабдуращмонов Ш. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Тошкент. 1980.
2. Ызбек тили грамматикаси. 1-том. Тошкент. 1975.
3. Ne’matov H. va b. Ona tili. 6-sinf uchun darslik. Toshkent. 2001.


17-mavzu. MAYL KATEGORIYASI

Reja:


1. Mayl kategoiyasining umumiy ma'nosi.
2. Aniqlik mayli.
3. Buyruq-istak mayli.
3. Shart-istak mayli.

Mayl kategoriyasi harakat bilan sub'yekt orasidagi aloqaning voqelikka munosabatini ko`rsatadi. Masalan: «o`qi» fe'li so`zlovchining suhbatdoshiga qaratilgan buyrug`ini, iltimosini; o`qisa fe'li shu ishning bajarilishi boshqa biror ishning yuzaga chiqishi uchun shart ekanligini; o`qidi fe'li esa shu fe'lning o`zagidan anglashilgan ishning aniq bajarilganligini bildiradi. Ko`rinadiki, o`qi fe'lining turli gusga kirishi o`sha fe'ldan anglashilgan harakatga so`zlovchining turlicha qarashini ko`rsatadi. Demak, mayl kategoriyasi harakat va holatning turli ma'no ottenkalarini darak, modallik tushunchasi bilan birga zamon, shaxs-son kabilarni bildiradi: kelsin, kelsa, kelib qoldi, kelayotir kabi. Ammo kelmoq, kelish, kelib, kelgach, kela-kela fe'llari mayl xususiyatiga ega bo`lmagani sababli bularda shaxs-son, nisbat zamon va modallik kabi ma'nolar yo`q.


Mayl formalari yordamida harakat ijrosi haqidagi so`zlovchi tomonidan tinglovchiga berilgan xabar har xil bo`ladi. Shunga qarab, mayl tushunchasi ham buyruq, darak, shart, maqsad, gumon, hikoya, orzu-istak, iltimos tarzida har xil shakllarda ifodalanadi. Bularning har birini alohida mayl turi sifatida nomlash shart emas. «Hozirgi o`zbek adabiy tili» T.: 1980 yil nashr qilingan kitobda mayl turlari juda ko`p miqdorda nomlangan, bizningcha, bunra hojat yo`q.
O`zbek tilida maylning quyidagi turlari bor:
1. Aniqlik (darak) mayli.
2. Buyruq-istak mayli.
3. Shart mayli.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling