Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet59/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Aniqlik (darak) mayli
Harakatning bajarilish yoki bajarilmasligi haqida darak ma'nosini anglatuvchi fe'l shakliga aniqlik (darak) mayli deyiladi.
Aniqlik mayli maxsus mayl ko`rsatgichiga ega emas. Bu mayl ma'nosi zamon va shaxs-son qo`shimchalari bilan shakllangan fe'l formasidan anglashiladi. Bu xususiyati bilan aniqlik mayli boshqa mayl formalaridan farq qiladi: oldi, olayotir, oladi kabi.
Darak maylidagi fe'llar ba'zan to`liqsiz fe'l shakllari bilan qo`shilib kela oladi: kelmokda edi, yozmoqda edi, yozmoqda ekan, o`qidimikin kabi.
Buyruq-istak mayli
Ish harakatni bajarish yoki bajarmasligi haqida buyurish, so`rash, istash, iltimos, maslahat, chaqirish-da'vat qilish kabi ma'nolarni ifodalaydi:
Kechir meni nozli malagim,
Seni maqtay olmasim tayin,
Senga shuncha chiroy bergan kim?
Aytib bergin uni maqtayin (H. O.)
So`zlovchining harakatini bajarishga undashi bevosita ikkinchi shaxsga qaratilgan bo`ladi. Shuning uchun buyruq-istak maylining asosiy formasi ikkinchi shaxs (birlik va ko`plik) hisoblanadi: Nasibaxon, boring, qozonga qarab turing (A.Q.) O`n to`qqizdan oshmay tur, go`zal. (H. O.)
Buyruq maylida 1 shaxs yo`q, so`zlovchi o`ziga -o`zi buyurishi mumkin emas. Ammo istak, hoxish ma'nolari -y (-ay) qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi: o`qiy, boray, yozay.
Buyruq-istak maylining ikkinchi shaxs birligi uch formaga ega: 1. Qat'iy buyruq, qistash anglashiladigan asosiy forma. Buning qo`shimchasi yo`q: Yovlarni quv, do`stlarni qutqar. (H. O.)
2. Fe'l negiziga -gin (-gil) qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi. Bu forma buyruk, ma'nosini iltimos, so`rash tarzida ifodalaydi: Ufqlarda sayr etgin mudom, Quyosh kelib suvga cho`kkanda (H. O.) Meni kutgil va men qaytarman (K. Simonov).
3. Fe'l negiziga -ing qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi. Bunga shaxsga nisbatan hurmat ifodalanadi: Boring, Nasibani maktabdan aytib keling. (A.Q.)
Buyruq maylining ikkinchi shaxs ko`pligi -inglar, -ingiz qo`shimchalarini qo`shish bilan hosil qilinadi: Uzoq ketib qolmanglar, tezroq kelinglar. (O.) Do`stlar, ishonch bilan kutingiz bizni (U).
Buyruq-istak maylining uchinchi shaxs -birligi -fe'l o`zaklariga -sin ko`pligi esa -sinlar formalarini qo`shish bilan hosil qilinadi: Shunday o`lka doim bor bo`lsin... (H.O.) Siz ayting, majlisga solmasinlar, mayli mehnatimdan qirqsinlar (A.Q.)
Shart mayli
Biror harakatni ruyobga chiqishi uchun shart bo`lgan boshqa biror harakat ma'nosini anglatuvchi fe'lning mayl shakli shart mayli deyiladi: O`qisa (biladi), kelsa (ko`rasan).
Seni ko`rsa ochilsin gullar
Seni ko`rsa yonsin bulbullar (H. O.)
Shart mayli -sa qo`shimchasi yordamida yasaladi. Bu qo`shimcha vazifasida ba'zan -ganda formanti qo`llanadi: Yomg`ir yog`maganda dalaga chiqar edik.
Bu mayl shaklidagi fe'llar har uch zamon shaklida, birlik yoki ko`plik sonda, bo`lishli-bo`lishsiz formalarda, barcha nisbat shakllarida, shaxs-son bilan tuslana oladi.
Shart mayli formasidagi fe'l orzu-istak, iltimos maslahat kabi ma'nolarni bildiradi. Shuning uchun bu mayl formasi ba'zi adabiyotlarda «shart-istak mayli» deb ham yuritiladi: Koshki institutni durustgina bitirib chiqsam. Onajon shu suratni menga bersangiz.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling