Щозирги ызбек адабий тили


Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet60/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Mayl, modallik ma'nosi, mayl va zamon kategoriyalarining bog'liqligi, aniqlik mayli, buyruq-istak mayli, shart-istak mayli, mayl shakllari ma'nosining o'zgarishi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


1. Mayl kategoriyasining umumiy ma'nosi nima?
2. O'zbek tilida mayl va zamon kategoriyalari qanday bog'langan?
3. O'zbek tilida qanday mayllar bor?
4. Buyruq-istak mayli shakllari qanday hosil bo'ladi va qanday ma'nolarni ifodalaydi?
5. Shart-istak mayli shakllarining mazmuni va sintaktik xususiyati nimadan iborat?
6. Sof buyruq ma'nosi qaysi shaxs-sonda voqelanadi?

Adabiyotlar:


1. Шоабдуращмонов Ш. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Тошкент. 1980.
2. Ызбек тили грамматикаси. 1-том. Тошкент. 1975.
3. Ne’matov H. va b. Ona tili. 6-sinf uchun darslik. Toshkent. 2001.


18-mavzu. ZAMON KATEGORIYASI

REJA:


1. Zamon kategoriyasining umumiy ma'nosi.
2. O`tgan zamon shakllari.
3. Hozirgi zamon shakllari.
4. Hozirgi-kelasi zamon shakllari.

Harakatning nutq momentiga munosabatini ko`rsatuvchi kategoriya zamon kategoriyasi deyiladi. Harakat bajarilish vaqtinig nutq momentiga munosabatiga qarab fe'lning uch zamoni farqlanadi:


1) nutq momentigacha bo`lgan xarakat-o`tgan zamon; 2) nutq momentida davom etayotgan harakat-hozirgi zamon; 3) nutq momentidan keyin bo`ladigan harakat-kelasi zamon. Zamon ma'nolari maxsus formalar orqali ifodalanadi.
Zamon ma'nosi ikki xil ifodalamishi mumkin: 1) sintetik yo`l bilan fe'lning o`z formasi orqali ifodalanish: bordim, boraman kabi: 2) analitik yo`l bilan, ya'ni to`liqsiz fe'l yoki ko`makchi fe'l yordami bilan ifodalanishi: borar edi, kelar bo`ldim kabi.
Ba'zi fe'l formalari zamokni aniq ko`rsatadi (bordi borgan) ba'zilarida bunday konkretlik bo`lmaydi (chopib, chopa). Keyingi holatda fe'lning zamoni boshqa bir fe'lning zamoniga ko`ra aniqlaniladi: shoshib so`zladi (o`tgan zamon). Demak, fe'lning zamoni birinchi holda harakatning nutq momentiga munosabatini ifodalaydi, ikkinchi holda esa boshqa fe'lning zamoniga munosabatni bildiradi. Bularning birinchisi absolyut zamon, ikkinchisi nisbiy zamon deb ataladi. Odatda, ravishdoshlarning zamoni nisbiy bo`ladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling