Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi zamon
O`tgan zamon
O`tgan zamon fe'li harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmaganligini ifodalaydi. O`tgan zamon fe'lining bir necha formalari bo`lib, ular o`zlariga xos ma'no va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Fe'lning o`tgan zamon formalari 1980 yilgacha nashr qilingan hamma darsliklarda turli xil gruppalanib va nomlanib kelingan. (O`tgan zamon hikoya, o`tgan zamon eshitilganlik, o`tgan zamon davom va h.k.) 1980 yil nashr qilingan «Hozirgi o`zbek adabiy tili» darsligida o`tgan zamon fe'li formalari turli nomlar bilan guruhlanmagan. Biz ham shu fikrning tarafdorimiz. Shunday qilib, o`tgan zamon fe'li quyidagi shakllar yordamida yasaladi: 1) -di qo`shimchasi yordamida yasaluvchi fe'l shakllari: yozdim, yozding, yozdi, o`qidim, o`qiding, o`qidi. 2) -gan qo`shimchasi yordamida yasaluvchi formalar: yozganman, yozgansan, yozgan, o`qiganman, o`qigansan, o`qigan. 3) -i(b) qo`shimchali ravishdoshni shaxs-son bilan tuslash orqali: yozibman, yozibsan, yozibdi, o`qibman, o`qibsan, o`qibdi. 4) -gan (yotgan), -i(b), -ar formalariga edi to`liqsiz fe'lini qo`shish yordamida hosil qilinuvchi formalar: yozgan edim, yozgan eding, yozgan edi, yozib edim, yozib eding, yozib edi, yozar edim, yozar eding, yozar edi. O`tgan zamon fe'lining sintetik formalarida harakatning nutq momentiga munosabati bevosita ifodalanadi. «Edi» to`liqsiz fe'li yordamida yasaluvchi o`tgan zamon formalarida esa harakatning nutq momentiga bo`lgan munosabati bavosita, ya'ni boshqa biror forma ifodalangan vaqt orqali bo`ladi. Chog`ishtiring: -keldi, -qachon? -hozir, -kelgan edi, -qachon? -ilgari. O`tgan zamon fe'l formalaridan -guvchi edi shakli og`zaqi va yozma nutkda kam ishlatiladi. Hozirgi zamon Hozirgi zamon fe'li harakatning nutq so`zlanib turgan paytda sodir bo`layotganini yoki bo`lmayotganini ifodalaydi. Hozirgi zamon fe'lining qo`shimchalar va ko`makchi fe'llar yordamida yasaluvchi bir necha formasi qo`llanadi. Hozirgi zamon fe'lining sintetik formasi quyidagi qo`shimchalar yordamida yasaladi: -yav, -yotir, -yotib, -moqda kabi. Masalan: kelayapman, kelayotirman, kelayotibman, kelmoqdaman. Hozirgi zamon fe'lining analitik formasi esa yot, tur, o`tir, yur ko`makchi fe'llari yordamida yasaladi: yozib yotibdi, yozib turibdi, yozib o`tiribdi, yozib yuribdi kabi. Hozirgi zamon formalari harakatning nutq momentidan oldin boshlanganligi va nutq momentida ham tugamaganligini bildiradi: Mana bular ajoyib hunar egalari bo`lib o`smoqda, Ukam institutda o`qiyapti. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling