Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet29/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mazmuni va qo`llanishi. Hurmat ifodalanishi otning lug`aviy ma'nosiga bog`liq bo`lib, kim so`rog`iga javob bo`ladigan (ya'ni insonni anglatuvchi) otga xos. Hurmat kategoriyasi shakllarining qo`llanishi so`zlovchi bilan tinglovchi va o`zga shaxs orasidagi ijtimoiy munosabatga bog`liq. Mazkur shaklarda otning o`zi ham hurmatga daxldor, chunki III shaxsni anglatadi. Shunga ko`ra ayni bir shakl ikkita shaxsga nisbatan hurmat darajalab ifodalanishi mumkin. Bundan hurmatning nechanchi va qaysi shaxsga taaluqligini aniqlash zarurati tug`iladi. Shu sababli har qaysi shaxs shakllari alohida olib qaraladi.
I shaxsda -(i)m, -(i)mlar va -(i)mizlar li shakl bor. -(i)m li shaklda qo`shimcha so`zlovchining o`zini, -(i)miz li shaklda I shaxsning ko`pligini ko`rsatganligidan hurmatga daxli yo`q. Ot hurmatga betaraf bo`ladi:



III




Hurmat

ot

(i)m







(i)miz
















betaraf




So`zlovchi bilan o`zga shaxsning ijtimoiy munosabati imkon bersa mazkur shakllar gapda fe'lning betaraf shakli bilan birikadi (Ukam keldi. Sinfdoshimiz keldi):





III

I

III

ot

(i)m

fe’l




(i)miz
















hurmat betaraf




So`zlovchi bilan o`zga shaxsning ijtimoiy munosabti taqozo qilsa, hurmat gapda fe'l shakli orqali ifodalanadi (Akam keldilar):

III

I

III

ot

(i)m

fe'l




(i)miz

(-lar)













hurmat




-(i)mlar va -(i)mizlar li shaklda -lar III shaxsning hurmat qilinishini bildiradi:



III

I

Hurmat

ot

(i)m

lar




(i)miz






















Bu shakllar gapda fe'lning hurmat ifodalaydigan -lar li shakli bilan birikib keladi. Shunga ko`ra hurmatni kuchli darajada ifodalash taqozo etilganda ishlatiladi (Dadamlar keldilar). Aks holda ular o`rnida -(i)m, -(i)miz li shakllar qo`llanadi.
Eslatma. -larim va -larimiz li shaklda -lar III shaxsning ko`pligini bildiradi.
II shaxsda hurmatga daxldor to`rtta shakl bor. Hamma shakl II va III shaxsdan tarkib topgan. -(i)ng li shaklda qo`shimcha ham, ot ham hurmatga nisbatan betaraflikni ifodalaydi:



III

II

Hurmat

ot

(i)ng
















betaraf




So`zlovchi bilan o`zga shaxsning ijtimoiy munosabati imkon bersa gapda fe'lning ham betaraf shakli qo`llanadi: Akang keldi.
-(i)inglar li shaklda -lar III shaxsga nisbatan hurmatni ifodalaydi:



III

II

Hurmat

ot

(i)ng

lar



















-(i)ngiz li shaklda -iz II shaxsning hurmat qilinishini bildiradi. So`zlovchining III shaxsga nisbatan ijobiy munosabati darajasi o`zgarmaydi:

III

II

Hurmat

ot

(i)ng

iz






















betaraf




So`zlovchining III shaxsga ijobiy munosabati darajasi o`zgarmasa gapda fe'lning ham hurmatga betaraf shakli ishlatiladi (Akang keldi. Akangiz keldi.) Ijtimoiy munosabat so`zlovchidan o`zga shaxsning hurmat qilinishni taqozo qilsa gapda fe'lning hurmat belgilangan shakli qo`llaniladi (Akang keldilar. Akangiz keldilar). Oxirgi holda tinglovchining hurmati ot orqali, o`zga shaxsning hurmati fe'l orqali ifoda etiladi:

III




II



Hurmat

Ot qo`shimcha

Fe'l qo`shimchasi

ot

(i)ng

iz

lar































-(i)ngizlar li shakl ham II, ham III shaxsning hurmat qilinishini ifodalaydi:

III

II

Hurmat

ot

(i)ng

iz

lar































Bu shakl gapda fe'lning ham hurmat ifodalovchi shakli bilan birgalikda qo`llanadi. Bunday holda III shaxsga nisbatan hurmat ham ot, ham fe'l orqali ifodalanadi (Akangizlar keldilar):

III




II



Hurmat

Ot qo`shimcha

Fe'l qo`shimchasi

ot

(i)ng

iz

lar

lar































III shaxsga hurmatning yuqori darajasini taqozo etuvchi vaziyat ko`p uchramaydi. Shu uchun -(i)ngizlar o`rnida ko`pincha -(i)ngiz ishlatilaveradi (Akangiz keldilar).
Eslatma. -laring, -laringiz li shaklda -lar III shaxsning ko`pligini bildiradi.
III shaxsda ot ham, qo`shimcha ham ayni bir shaxsni bildiradi. Bu shaxsda hurmatga daxldor shakl uchta. -(i)si li shaklda ot ham, qo`shimcha ham hurmatga betaraf. Ot bildirilgan III shaxsga nisbatan betaraflik gapda saqlanib qolsa fe'lning ham hurmatga betaraf shakli qo`llanadi (Akasi keldi). Hurmatni ifodalash taqozo qilinsa fe'lning –lar li shakli ishlatiladi (Akasi keldilar).
-(i)silar li shaklda -lar so`zlovchining ot anglatgan III shaxsni hurmat qilishini ko`rsatadi:

III

III

Hurmat

ot

(s)i

lar













Bu shakl gapda fe'lning -lar li shakli bilan birikadi (Akasilar keldilar). Bunday holda ayni bir shaxsga hurmat ham ot, ham fe'l orqali ifodlanganidan ko`pincha otdagi -lar ishlatililmaydi (Akasi keldilar).
-lari li shakl hurmatga betaraf. Hurmat ifodalanishi uchun qo`shimcha vosita kerak bo`ladi. Bunday vazifani ot va olmosh bajaradi (U kishining akalari, Ahmad amakimning akalari). Bunday holda ham ot, ham qo`shimcha anglatgan III shaxsning hurmat qilinishi anglashiladi. Ot anglatgan III shaxsga hurmatni ta'kidlash lozim bo`lsa gapda fe'lning ham -lar, li, aks holda hurmatga betaraf shakli qo`llanadi (Ahmad amakimning akalari keldilar. Ahmad amakimning akalari keldi).
Qo`shimcha vosita hurmatni ko`rsatmasa, -lar ko`plikni bildiradi (Uning akalari, Salimning akalari). Bunday holda nohissiy bayonda fe'ling ko`plikka betaraf shakli qo`llanadi (Uning akalari keldi). Vaziyat ko`plikni ta'kidlahni taqozo qilsa fe'lning -lar li shakli ishlatiladi (Uning akalari keldilar). Aks holda fe'lning –lar li shakli ega bilan kesimning grammatik jihatdan sonda moslashishini taqozo qiluvchi til ta'sirida ishlatilgan bo`ladi.
Eslatma. III shaxsga nisbatan hurmat ayrim ot (domla, ustoz) va sifat (hurmatli, muhtaram)ning lug`aviy mazmunidan anglashiladi. Bunday holda gapda fe'lning -lar li shakli ishlatiladi (Domla ma'ruza qildilar).

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Hurmat kategoriyasi, hurmat ma'nosi, hurmat kategoriyasining ijtimoiy omilga bog'liqligi, hurmat ifodalash uchun xoslangan shakllar, hurmatga betaraf shakllar.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Hurmat kategoriyasi shakllari qanday hosil bo'ladi?
2. Hurmat ma'nosini ifodalash qaysi shaxs shakllariga xos?
3. Hurmat kategoriyasining ijtimoiy omilga bog'liqligi deganda nimani tushunasiz?
4. Ijtimoiy omilga munosabatiga ko'ra ot turkumi qanday guruhlarga bo'linadi?
5. Bir so'z shaklining o'zida ham tinglovchi, ham o'zga shaxsga nisbatan hurmat ifodalanishi mumkinmi?
6. Hurmat shakllariga ham tejamkorlik xosmi?

Adabiyotlar:


1. Зикриллаев /.Н. Ызбек тили морфологияси. Бухоро. 1994.
2. Щожиева Щ.Я. Ызбек тилида щурмат майдони ва унинг лисоний-нут=ий хусусияти. НД. Самар=анд. 2001.
3. Щожиева Щ.Я. Отнинг щурмат категорияси. “Ызбек тили ва адабиёти” журнали. 2000. 3-сон.


10-mavzu. OTNING VAZIFA SHAKLLARI

REJA:


1. Otning vazifa shakllari haqida.
2. Sintetik shakllar.
3. Analitik shakllar.
4. Juft va takroriy shakl.
Ot turkumi yuqorida ko`rib o`tilgan son, egalik va kelishik kabi kategorial formalardan tashqari bir qator funksional formalarga ham ega. Bu tipdagi formalar ma'lum bir qo`shimcha (grammatik) ma'no ifodalash, ot-so`zni otlarning kategorial formalariga xos bo`lmagan biror sintaktik vazifaga moslash uchun xizmat qiladi.
Hozirgi o`zbek tilida, otga xos funksional formaning yasalishiga ko`ra uch tipi bor: 1) sintetik forma; 2) analitik forma; 3) juft va takroriy forma.
Sintetik forma
Otning sintetik funksional formalari o`z ma'no va vazifalariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: 1) kichraytish formasi; 2) erkalash formasi; 3) qarashlilik formasi; 4) o`rin belgisi formasi; 5) chegara formasi; 6) o`xshatish formasi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling