Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet34/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

O`xshatish formasi
O`xshatish formasi -dek(-day) qo`shimchasi yordamida yasaladi va narsa yoki shaxsni belgi, harakat va sh. k. jihatdan -dek qo`shimchali so`z bildirgan narsaga, shaxsga o`xshatadi, o`xshashligini bildiradi: sherdek kuchli, kaftdek tekis, kiyikdek uchqur kabi: Sal titragan iliq gavdasini yumshoq tivit ro`molga o`rab quchgancha, yosh boladek yelkasini silar edi. (Ac. M.)
-dek (-day) qo`shimchasi ko`pchilik ishlarda sifat va ravish yasovchilar qatoriga kiritiladi. Lekin u so`z yasovchi qo`shimcha emas. -dek qo`shimchasining kabi ko`makchisiga sinonimligi ham uning so`z yasovchi emasligini ko`rsatadi: quyoshdek —quyosh kabi, Erkindek Erkin kabi, dengizdek dengiz kabi, sizlardek sizlar kabi.
Eslatma: -dek(-day) qo`shimchali so`z shu holida yangi ma'no kasb etishi, yangi so`zga aylanishi mumkin: muzdek (suv), qitday (dori) kabi. Lekin bu hodisa affiksatsiya yo`li bilan (-dek qo`shimchasi vositasi) yangi so`z yasash emas.
O`xshatish bildiruvchi -dek qo`shimchasi asosan otlarga, bundan tashqari, olmosh, sifat va fe'lning sifatdosh, harakat nomi va -moqchi qo`shimchali formalariga ham qo`shiladi. Bu hodisa ham uning so`z yasovchi emasligini ko`rsatadi: tog`dek, mendek, durustdek, bilmagandek, bilmoqchidek kabi: Ovoz bergani ketayotganlardan ko`ra qaytayotganlar ko`proqdek ko`rindi ko`zimga. (S. Z.) Shamoldan egilgan daraxt zo`rg`a boshini ko`targandek bu ham sekingina yerdan boshini ko`tardi va atrofga qaradi. (Oydin.) U shunday semiz ediki, lo`ppi yuzlaridan qon tars otilib chiqmoqchidek taram-taram bo`lib ketgan. (S. Abduqahhor.)
O`xshatish formasini yasovchi -dek (-day) qo`shimchasi so`zga har qanday forma yasovchilardan so`ng qo`shiladi. Bu hodisa ham uning so`z yasovchi emasligini ko`rsatadi: akalardek, akalarimdek, akalarimnikidek, akalarimnikidagidek kabi: Xayriyat, o`sha-o`sha Akbarali, onasiga mehrli, ovozi otasinikidek shirali, beozor. (Ac. M.) Xotirjam bo`ling. Ko`nglingizdagidek boqaman. (N. Fozilov.)

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling