Щозирги ызбек адабий тили
-dek qo`shimchasi ba'zi olmoshlarga qo`shilgaqda -naqa, -doq
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Juft va takroriy formalar
-dek qo`shimchasi ba'zi olmoshlarga qo`shilgaqda -naqa, -doq kabi variantda qo`llanadi. Bu hol ayniqsa og`zaki nutq uchun xarakterli: unaqa, shundoq, qanaqa kabi.
Analitik forma Otning analitik formasi ko`makchi so`z yordamida hosil bo`ladi. Bu formalar vosita, makon, vaqt, sabab, maqsad kabi ma'nolarni ifodalaydi. Analitik forma hosil qiluvchi ko`makchilar otning ma'lum bir kelishik formasiga birikadi: qalam bilan (yozmoq), kun sayin (go`zallashmoq), do`sti uchun (olmoq), kechga tomon (kelmoq) va b. Juft va takroriy formalar Otning juft formasi umumlashtirish, jamlik ma'nolarini ifodalaydi: qovun-tarvuz (qovun, tarvuz va boshqa poliz mahsulotlari), qozon-tovoq (qozon, tovoq va ularga aloqador bo`lgan boshqa asboblar) kabi. Juft otlarning ba'zilari ma'noni kuchli ottenka bilan ifodalaydi. Bularda jamlik, umumlashtirish ma'nosi sezilmasligi mumkin: Xon poshsha oyimnikidan kishi kelib, tez yurasiz, deb holi-jonimga qo`ymay olib ketdi. (Hamza.) Qudrat elektrni dadasiga gapiraverib, kolxoz montyori Andreyga zir yuguraverib, ularning quloq-miyasini yedi. (H. N.) Otning takroriy formasi ko`plik ma'nosini ifodalaydi, shuningdek, ma'noni kuchaytirish uchun qo`llanadi: Kolxozimda ombor-ombor g`allasi,.. (Habibiy.) Uning ko`zlaridan oppoq soqoliga qatra-qatra yosh tomar edi. (A. Q.) O`g`it g`o`zaning tomir-tomirlariga singsin. (O.) ...horg`inlikdan ich-ichiga kirib ketgan ma'yus ko`zlari shu'lada cho`g`day yiltilladi. (H.G`.) Ot so`z turkumi bo`yicha tahlil namunasi: 1. So`z turkumiga ko`ra (ot). 2. Bir turdagi predmetlardan birini yoki umumiy nomini ifodalashiga ko`ra (atoqli yoki turdosh). 3. Kim yoki nima so`roqlariga javob bo`lishiga ko`ra (shaxs yoki predmet oti). 4. Sanalish yoki sanalmasligiga ko`ra (sanaladigan yoki sanalmaydigan ot). 5. Ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko`ra (konkret yoki abstrakt). 6. Birlik formada yakka yoki predmetlar to`dasini ifodalashiga ko`ra (yakka yoki jamlovchi ot). 7. Yasalishiga ko`ra (tub yoki yasama). 8. Tuzilishiga ko`ra (sodda, qo`shma, juft). 9. Grammatik soniga ko`ra (birlik yoki ko`plik). 10. Egaligiga ko`ra (I, II, III shaxslar). 11. Kelishigiga ko`ra (bosh, qaratqich, tushum, jo`nalish, chiqish, o`rin). 12. Otning funksional formalari mavjudligiga ko`ra. 13. Gapdagi vazifasiga ko`ra (ega, kesim, aniqlovchi, to`ldiruvchi yoki hol). Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling