Щозирги ызбек адабий тили
Sifatlarning ma'noga ko`ra turlari
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifat darajalari
- Orttirma daraja
Sifatlarning ma'noga ko`ra turlari
Predmetning ma'lum bir belgisini bildirish xususiyatlariga ko`ra sifatlar bir necha turga bo`linadi: 1. Xususiyat bildiruvchisifatlar: kamtarin, mug`ombir, sodda, sho`x. 2. Holat bildiruvchi sifatlar: xursand, sovuq, iliq, keksa, jimjit. 3. Shakl-ko`rinish bildiruvchi sifatlar: gavdali, novcha, yassi. 4. Rang-tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil, ko`k. 5. Hajm, o`lchov bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun, katta, og`ir. 6. Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar: shirin, nordon, bemaza. 7. Hid bildiruvchi sifatlar: xushbo`y, badbo`y, qo`lansa. 8. Predmetning o`ringa yoki vaqtga ko`ra munosabatini bildiruvchi sifatlar: yozgi, qishqi, bahorgi, ichki va boshqalar. 9. Tabiiy holatni ifodalovchi sifatlar: yosh, qari, keksa, va h.k. Sifat darajalari Belgining bir-biriga qiyosan darajasini ko`rsatadigan kategoriya daraja kategoriyasi deyiladi. Bu kategoriya asosan sifat turkumiga xos. Sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo`lishi mumkin. Ya'ni belgi normal (oddiy) darajada bo`lishi, oddiy darajadan ortiq (kuchli) yoki oz (kuchsiz) bo`lishi mumkin. Sifatlarning daraja nuqtayi nazaridan bo`lgan bunday farqi turli vositalar yordamida ifodalanadi: yaxshi, yaxshiroq, juda yaxshi kabi. Ammo ayrim sifatlar bildirgan belgi tabiiy ravishda daraja ko`rsatkichiga ega bo`lmaydi: g`oyaviy, sirtqi, devoriy. Sifat darajalari uch ko`rinishga ega: 1) oddiy daraja, 2) orttirma daraja, 3) ozaytirma daraja. Izoh: Sifat darajalari turli darsliklarda har xil tasnif qilingan: U. Tursunov... «Hozirgi o`zbek adabiy tili» kitobida oddiy, qiyosiy, orttirma darajalar mavjudligi va sifatlarda belgining ortiq yoki kamligini ifodalovchi formalar borligi qayd etiladi. «O`zbek tili grammatikasi» kitobida orttirma, ozaytirma, qiyosiy daraja borligi qayd etiladi va h.k. Predmet belgisining ortiq yoki kamligi oddiy darajaga nisbatan belgilanadi. Shuning uchun sifatlardagi oddiy darajani inkor qilib bo`lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, biror belgi darajasining ortiq yoki kamligiga asoslanadi. Shunga ko`ra sifatlarning belgisi uch darajaga bo`linadi: 1) oddiy; 2) orttirma; 3) ozaytirma. Bunda temirdan og`ir, po`latdan yengil kabi ishlatishlarda belgi darajasini oz yoki ko`pligi ifodalanmaydi. Chunki bunda bir predmet belgisi ikkinchi bir predmet belgisiga nisbatan olinadi. Holbuki, yuqorida qayd etilganidek, daraja bir predmetdagi oddiy belgiga nisbatan olinadi. Belgining ortiq yoki kamlikka munosabati ifodalayamaydigan daraja oddiy daraja deyiladi. Bunda sifatlar daraja ifodalovchi vositalarga ega bo`lmaydi: yaxshi, baland, shirin, go`zal. Orttirma daraja Belgining normal holatdan ortiqligi, kuchliligi ifodalangan daraja orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja bildiruvchi maxsus forma ko`rsatkichi yo`q. Bu ma'no bir necha usul bilan ifodalanadi. 1. Fonetik usul: yap-yapaloq, dum-dumaloq, sap-sariq, qip-qizil. 2. Leksik usul: juda go`zal, g`oyat go`zal, behad xursand. Xuddi shuningdek, belginig ortiqligi analitik formada ham ifodalanadi: uzundan-uzun, shirindan-shirin kabi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling