Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet38/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Ozaytirma daraja
Belgining normal darajasidan kuchsizligini bildiradi. Bu ma'no ikki usul bilan ifodalanadi.
1. Leksik usul: Bunda darajaning kuchsizligi maxsus so`zlar yordamida hosil qilinadi: sal durust, bir oz yaxshi, xiyol ochiq.
2. Morfologik usul: Bunda darajaning kuchsizligi -roq qo`shimchasi yordamida ifodalanadi: oqroq, ko`kroq, balandroq, tekisroq kabi. Kattaroq o`g`il bolalar tomga varrak, kichikroqlari laylakcha ko`tarib chiqqan edilar. (SH. Sa'dulla).
Belgining normal darajadan pastligini ifodalovchi leksik vositalar (sal xiyol, bir oz) yoki morfologik vositalar (-imtir, -ish) bo`lganida sifatga -roq qo`shimchasi ham qo`shiladi. Sal yorug`roqda, sarg`ishroq yigit.
Ikki predmetning belgisi o`zaro qiyoslanganda -roq qo`shimchali sifat bildirgan belgi darajasi boshqa predmetning belgi darajasidan kuchliroq (ortiqroq) bo`ladi: Havo kechagidan bugun sovuqroq. Karim Salimdan novcharoq kabi. Lekin bunday hollarda ham -roq qo`shimchasi darajaning kuchliligini (ortiqligini) ifodalaydi. Chunki bu ma'no qiyosning o`zidan kelib chiqadi. -roq qo`shimchasi shunda ham darajaning normal holatdan kuchsizligini bildiradi, ya'ni belgining darajasi -roq qo`shimchasi qo`llanmagan formada kuchli (ortiq) bo`ladi. Qiyoslang: bugun sovuqroq-bugun sovuq, undan kuchliroq-undan kuchli kabi.
Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlarda qo`llanuvchi -ish, -imtir qo`shimchalari belgining kuchsiz darajasini bildirmaydi. Balki belgining sifat bildirgan rang-tusga moyilligini, shunga yaqinligini ko`rsatadi: oqish, qizg`ish, ko`kimtir. Qora, qizil, oq, sariq kabilarda ham xuddi shunday. O`zbek tilidagi sifat darajalarini o`rganish inqilobdan oldin boshlangan. N.Ostroumov «Etimologiya sartovskogo yazika», T., 1910 yil kitobida sifat darajalari haqida fikr yuritadi. Bu haqda A.N. Kononov, S.Usmonov, M Sodiqova va boshqa olimlar ham ilmiy ish yozgan.
Sifatlardagi sub'yektiv baho formasi
Sifatlardagi sub'yektiv baho formalari so`zlovchining shu belgi orqali predmetga ijobiy munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi: yaxshigina, shiringina, chiroyligina.
Shaxsning sub'yektiv munosabati tufayli ba'zi sifatlarga qo`shimcha ravishda
-cha qo`shimchasi qo`shib aytilib, so`z variantlari hosil qilinadi: yetim-yetimcha, yashirin-yashirincha, oshiq-oshiqcha; chin-chinakam; hazil-hazilakam, yolg`on-yolg`ondakam kabi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling