Щозирги ызбек адабий тили


Bir so`zi va uning xususiyatlari


Download 0.6 Mb.
bet42/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Bir so`zi va uning xususiyatlari
Sanoq sonlar orasida bir so`zi turli ma'no va vazifalarda qo`llanishi bilan xarakterlanadi. Bir so`zining ma'nosi kontekstda boshqa so`zlar bilan bog`langanida konkretlashadi.
Bir so`zi o`zak holida, asosan, quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:
1. Bir so`zi o`lchov va miqdor ma'nosida sanoq son vazifasida keladi: bir metr atlas, bir kilo uzum.
2. Bir so`zi yakka-yagona degan ma'noni anglatadi: Xalqqa xizmat qilish Oybek uchun bir ideal edi.
3. Ayiruv, chegaralov yuklamasi ma'nosini anglatadi: Mening mehribonim bir sensan, onajon.
4. O`xshashlik ma'nosini anglatadi: Opa-ukaning xarakteri bir.
5. Predmetning konkret emasligi, noaniqligi kabi ma'nolarni bildiradi: bir kishi, bir kun, bir gap kam.
6. Kuchaytiruv yuklamasi yoki ravish bo`lib keladi: Kechagi to`yda Gulnora bir o`ynadi, hamma hayron qoldi. Bir tez yurdiki (juda).
7. Bir so`zi takrorlanganda, hodisaning ketma-ketligini bildiradi: Do`konlarni bir-bir aylandi.
8. O`zi bog`langan so`z bilan takrorlanib ayiruv bog`lovchisi ma'nosini anglatadi: bir kulib, bir yig`lab gapirdi; bir unday, bir bunday deysiz (goh, goh) va boshqalar.
Hisob so`zlar haqida
Sanoq sonlar ba'zan hisob so`zlar bilan qo`llanadi. Son bilan predmet o`rtasida qo`llaniladigan numerativ (lot: hisob) so`zlar predmetning xususiyatiga qarab qo`shiladi. Numerativ so`zlar sanalayotgan konkret predmetni ko`rsatmay, o`sha predmetni hisoblashda, uning qaysi kategoriyaga, guruhga oid ekanligini aniqlash uchun ishlatiladi.
Sanoq so`zlar ko`pincha ot turkumidagi so`zlardan ifodalangan bo`ladi: dona, tup, nusxa, bog`lam, siqim.
O`zbek tilida numerativ so`zlarning ishlatilish doirasi juda keng va turli-tumandir.
Qadimdan predmetlarni o`lchash uchun turli idishlar yoki boshqa o`lchov vositalari ko`plab ishlatilgan. Ularning ayrimlari hozir kam iste'mol qilinadi.
Qadoq: yarim qadoq go`sht.
Tanob: o`n tanob yer.
Tosh: uch tosh manzil.
Gaz: besh gaz chit.
Keyingi vaqtda iste'moldan chiqqan so`zlar o`rniga rus tilidan hisob so`zlari kirib keldi:
Gektar: uch gektar yer.
Sotix: ikki sotix joy.
Metr: besh metr gazmol.
Minut: ikki minut dam.
O`zbek tilida numerativ so`zlar qo`llanishiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Predmetni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan so`zlar: dona, nusxa bosh, tup, nafar.
2. Butunning, guruhning yoki to`daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so`zlar: burda, parcha, varaq, og`iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qultum, tomchi va h.k.
3. To`dalab, guruhlab, ko`rsatuvchi hisob so`zlar: gala, to`p, guruh, to`da, dasta, bog`, quchoq, shoda va h.k.
4. Juft predmetlar hisobini ko`rsatuvchi so`zlar: juft.
5. Og`irlikni o`lchash uchun ishlatiladigan hisob so`zlar: gramm, litr, pud, tonna, qoshiq, piyola.
6. Uzunlik o`lchovi uchun: metr, quloch, qarich, qadam va h.q.
7. Vaqt o`lchovi uchun: kun, yil, oy, hafta, soat, minut va h.k.
8. Qiymat (pul) hisobi uchun: so`m, tiyin, tanga va boshqalar.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling