Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet46/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Adabiyotlar:


1. Щозирги ызбек адабий тили. Т.: 1980, 256-290.
2. Щозирги ызбек адабий тили. Т.: 1966, 241-252.
3. Турсунов У. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Т.: 1965, 39-46.
4. Ызбек тили грамматикаси. Т.: 1975, 307-331.
5. Мирзаев М. Ызбек тили. Т.: 1973, 101-113.
6. Низомиддинова С. Щозирги ызбек тилида сон. Т.: 1970.
7. Щамдамов П. Нумератив сызларни ырганиш. "Совет мактаби". 1967. № 2.

13-mavzu. OLMOSH TURKUMI

REJA:


1. Olmosh – bo`sh-ishora ma'noli so`zlar.
2. Olmoshning ma'no turlari.

Ot sifat, son va ba'zan ravish o`rnida qo`llanuvchi so`zlar olmosh deb ataladi: men, biz, kim, nima, shuncha.


Olmoshlarning asosiy ma'nosi va qaysi so`z turkumi o`rnida qo`llanishi matnda reallashadi. Chunki olmoshlarning ma'nosi noaniq va umumiy bo`ladi.
Ma'no va grammatik xususiyatlarga ko`ra olmoshlar umumlashgan predmet (olmosh-ot), umumlashgan belgi (olmosh-sifat), umumlashgan miqdor (olmosh-son) bildiruvchi olmoshlarga bo`linadi.
Umumlashgan predmet bildiruvchi olmoshlar, predmetlikni ko`rsatadi, egalik, kelishik qo`shimchalari bilan turlanadi. Gapda ot bajargan vazifalarni bajaradi. Men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima.
Umumlashgan belgi bildiruvchi olmoshlar sifat va ravishlar kabi formal o`zgarmasligi, asosan, aniqlovchi va hol vazifasida kelishi bilan xarakterlanadi. Bu, shu, o`sha, qaysi, allaqanday, hech qanday.
Umumlashgan miqdor bildiruvchi olmoshlarga: qancha, necha, shuncha, o`shancha, kabilar kiradi.
Olmoshlar quyidagi grammatik xususiyatlari bilan boshqa so`z turkumlaridan farq qiladi:
1. Ma'no jihatdan olmoshlar abstrakt xarakterga ega bo`ladi. Chog`ishtiring: tosh, non, tuz, qizil, oq, achchiq deganda konkret predmet yoki belgi anglashiladi. Hamma, u, o`sha, shuncha deganda narsa yoki belgi ifodalanmaydi.
2. Olmoshlarda so`z yasalishi yo`q. Olmoshlar boshqa so`z turkumlaridan yasalmaydi. Olmoshlardan boshqa so`z turkumlarining yasalishi ham kuchsiz: manmanlik, sensiramoq, mensiramoq. Kamtarlikning kamoli bor, manmanlikning zavoli bor. (Maqol)
3. Olmoshlar otlarga xos so`z o`zgartuvchilar bilan o`zgaradi. Olmoshlar kelishik qo`shimchalarini oladi va ular bilan belgili qo`llanadi: Men uni ko`rdim (Men u ko`rdim emas).
4. Olmoshlarni ma'no xarakteriga ko`ra to`rt gruppaga ajratish mumkin: a) ot xarakteridagi olmoshlar, b) sifat xarakteridagi olmoshlar, c) son xarakteridagi olmoshlar, d) ravish xarakteridagi olmoshlar.
Biz shonli yo`lni bosib o`tdik. (Gazetadan)
Namanganning qaysi qishlog`idan, qanday urug`lari borligini surishtirdi.
Nechanchi uyda turasiz? Nega javob bermaysiz? (A. Q.)
Olmoshlar ma'no va grammatik xususiyatlarga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Kishilik olmoshlari.
2. O`zlik.
3. Ko`rsatish.
4. So`roq.
5. Belgilash-jamlash.
6. Bo`lishsizlik.
7. Gumon.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling