Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- So`roq olmoshlari
O`zlik olmoshi
O`zlik olmoshi «o`z» predmetni aniqlab, uning ma'nosini kuchaytirib keladi. Bu olmoshi gapda, asosan, aniqlovchi vazifasida keladi. O`zlik olmoshi quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: 1. Predmetning o`zlik olmoshi bilan ifodalangan shaxsga qarashli ekanligini bildiradi: Jo`raxon Qodiriyni o`z ko`zi bilan ko`rgan. 2. O`zlik olmoshi egalik qo`shimchasini olib har uchala shaxsni ko`rsata oladi: o`zim, o`zing, o`zi. 3. O`zlik olmoshi kelishiklar bilan turlanishi uchun avval egalik qo`shimchasini oladi: o`zimning, o`zimga. 4. O`zlik olmoshi gapda turli gap bo`laklari vazifasida keladi. O`zlik olmoshi takrorlanib, juft holda ham qo`llanilishi mumkin: Bu gaplar o`z-o`zidan bosilib ketadi. (A. Q.) O`z olmoshi ham (-yam) yordamchisini olib, ma'lum darajada modallik ottenkasiga ega bo`ladi: Asl shaftoli! Arzon o`ziyam. (O.) So`roq olmoshlari Predmet, belgi, son haqida so`roq bildiruvchi olmoshlar so`roq olmoshlari deyiladi: kim? nima? qancha? So`roq olmoshlari yordamida so`roq gaplar tuziladi. So`roq olmoshlaridan kim shaxslar uchun, nima, ne umuman predmetlar uchun qo`llanadi. So`roq olmoshlari birlik va ko`plik formada ishlatiladi. Kim, kimlar, nima, nimalar. Har bir so`roq olmoshi o`ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Kim. 1. Faqat shaxs haqida so`roqni bildiradi. Egalik va kelishiklar bilan turlana oladi: kimning, kimda, kimim, kimingiz. 2. Ko`plik qo`shimchasini oladi: Bunda shaxslarni ajratib ko`rsatadi yoki yolg`iz shaxsga hurmatni bildiradi. Kimlar keldi? (Qanday odamlar ma'nosida). Bu kishi kimlar? 3. Aniqlovchi bo`lib kelmaydi va o`zidan oldin sifatlovchi aniqlovchi olmaydi. 4. «Kim» olmoshiga -sa qo`shilganda, so`roqlik ma'nosidan chiqadi. Otga aylanadi. Kimsa bormikin anga ko`rganda kulgu kelmadi. (Navoiy) 5. Ayrim vaqtda juftlanib kelib shaxslarning kimligini aniqlashda qo`llaniladi: Kim- kim keldi. Kim -kimlar so`zladi. 6. «Kim» olmoshi gapda ko`pincha ega, kesim, to`ldiruvchi bo`lib keladi. Kim keldi? «Nima» olmoshi predmet yoki voqealarga nisbatan so`roqni bildiradi: Sizning nima dardingiz bor? (A. Q.). «Nima» olmoshi takrorlanib kelishi mumkin: nima - nimaga olding? «Nima» olmoshi so`roq so`z -gap bo`lib keladi: Men ertaga ketaman. -Nima? Men ertaga ketaman deyapman. Takrorlanib ne-ne shaklida ishlatilganda, ma'noning ortiqpigini, emotsionallikning kuchliligini bildiradi: U qizini Toshkentga ne-ne umidlar bilan yubormadi. (S. Ahm.) Bu olmoshi gapda ega, kesim, to`ldiruvchi, ba'zan qaratqichli aniqlovchi bo`lib keladi: Oting nima. Nimani istaysan. «Nega» (nima+ga) olmoshi voqea harakatning sodir bo`lishidagi sabab, maqsadni aniqlash uchun beriladigan so`roqni bildiradi: Nega kelding? «Necha» (ne-cha) predmetning miqdoriga nisbatan so`roqni ifodalaydi: Necha kitob? Necha uy? Gapda aniqlovchi va kesim bo`lib keladi: Necha kishi keldi? O`quvchilarning soni necha? «Qanday» olmoshi predmetning belgisiga nisbatan so`roqni bildiradi. Bu so`z qanaqa, qandoq shaklida ham keladi: U qanaqa omonat? «Qaysi» olmoshi predmetning tartibiga yoki o`rniga ko`ra belgisini aniqlash uchun qo`llanadi: Qaysi kishi? Qaysi uy? «Qancha» olmoshi son-ravish xarakteriga ega bo`lib, predmet yoki harakatning miqdoriga ko`ra belgisini aniqlash uchun beriladigan so`roqni ifodalaydi: Qancha kitob olding? «Qachon» olmoshi harakat, voqeaning bajarilish vaqtini aniqlash uchun berilgan so`roqni bildiradi. Yig`ilishimiz qachon o`tkaziladi? «Qalay» olmoshi harakatnichg bajarilish holatini aniqlash uchun beriladigan so`roqni bildiradi: Tojixonlar oilasi qalay?.. (A. Q.) Ba'zan kirish so`z vazifasida keladi: Qalay, fikrimiz sizga ma'qulmi? Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling