Щозирги ызбек адабий тили
Olmosh bo`yicha tahlil namunasi
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu boyicha tayanch tushunchalar
- Adabiyotlar
- 14-mavzu. FEL SO`Z TURKUMI
Olmosh bo`yicha tahlil namunasi:
1. So`z turkumiga ko`ra (olmosh). 2. Qaysi so`z turkumi o`rnida kelgan (ot, sifat va h.k.) 3. Tuzilishiga ko`ra (sodda, qo`shma, juft) 4. Olmoshlarning ma'nosiga ko`ra turi (kishilik, ko`rsatish va h.k.). 5. Gapdagi vazifasi. Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:Olmosh, «bo'sh» ishora ma'noli so'z, kishilik olmoshlari, ko'rsatish olmoshlari, o'zlik olmoshi, so'roq olmoshlari, gumon olmoshlari, bo'lishsizlik olmoshlari, belgilash olmoshlari, olmoshning tuzilishiga ko'ra turlari. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:1. Nima uchun olmosh bo'sh-ishora ma'noli so'zlar guruhiga kiradi? 2. Olmoshning ma'no turlarini sanang. 3. Olmosh tuzilishiga ko'ra necha turga bo'linadi? Adabiyotlar:1. Щозирги ызбек адабий тили. Т.: 1980, 256-290. 2. Щозирги ызбек адабий тили. Т.: 1966, 241-252. 3. Турсунов У. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Т.: 1965, 39-46. 4. Ызбек тили грамматикаси. Т.: 1975, 307-331. 5. Мирзаев М. Ызбек тили. Т.: 1973, 101-113. 6. Абдулащатова Р. Гумон олмошлари темасини ытиш. "Совет мактаби" 1967. № 2. 14-mavzu. FE'L SO`Z TURKUMIREJA:1. Fe'lning umumiy ma'nosi. 2. Fe'llarning o`timli va o`timsiz turlari. 3. Fe'lning ma’noviy guruhlari. Fe'llar ish-harakatni yoki holatni atab keladi. Holatni atab kelganda ham uni jarayon tarzida bir holatga o`tish ma'nosi bilan beradi. Daraxt-ko`k –sifat-kesim; daraxtning barqaror, turg`un belgisini ifodalab kelmoqda. Daraxt-ko`kardi -fe'l-kesim, daraxtning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishini harakat, jarayon sifatida ifodalab kelmoqda. Shuning uchun harakat, jarayon ma'nosi fe'llarning umumiy ma'nosini tashkil etadi. Bu ma'no barcha fe'llar uchun xosdir. Fe'l nima qilmoq? so`rog`iga javob bo`ladi; yozmoq, o`qimoq, bormoq, o`tirmoq kabi. Fe'l anglatgan ish-harakat, holat biror kimsa yoki narsa tomonidan bajariladi. Bu kimsa yoki narsa harakatning bajaruvchisi deyiladi. Fe'llar harakat va holatning predmet-obyektga munosabatiga qarab ikki turga bo`linadi: 1) o`timli fe'llar; 2) o`timsiz fe'llar. O`timli fe'llar kimni?, nimani?, qayerni? so`roqlqriga javob bo`lib keladigan to`ldiruvchilar bilan birika oladi: ..... Va shabboda qurg`ur ilk sahar Olib keldi gulning totini. (H.O). O`timsiz fe'llar bunday to`ldiruvchilar bilan birika olmaydi: Mehmon juda quvonib keldi. (A.O.) Sobir hayajonlanib o`rnidan turdi. (O.) Ba`zi ` fe'llar matnda qanday so`zlar bilan boq`lanib kelishiga qarab o`timli ham, o`timsiz ham bo`lib kela oladi: O`quvchi masalani ishladi – U bu dargohda ancha ishladi. Keyingi yillarda so`z turkumlarining semantik tahliliga e'tibor kuchaymoqda. O`zbek tilshunosligida fe'llarning semantik xususiyatlari, tasnif masalalari tilshunoslarning diqqat markazida turibdi. Bu jihatdan A. Hojiyev, L.Qo`chqortoyev, K. Xoliqov, M. Sodiqova, R. Rasulov va qator tadqiqotchilarning asarlarini sanash joizdir. Jumladan, K. Xoliqov tomonidan fe'llarning bir necha ma'noviy guruhlari ajratilid: “hali ilmiy tadqiqotga mansub qator fe'l razryadlari mavjud, shuningdek, fe'llarning leksik- semantik tashifi, ularning o`zlariga xos grammatik xususiyatlari atroflicha o`rganilishi zarur” degan fikr o`rtaga tashlangan. Bu sohada R. Rasulovning olib borgan tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir. Olim tomonidan holat fe'llari va ularning LMGlari chuqur o`rganilib tahlil `etilgan. Holat fe'llarining yana ichki 9 ko`rinishi (davomli holat, ijro holati, biologik holat, fiziologik holat, psixik holat fe'llari kabi) ajratilgan. Turkiy tillardagi fe'llarning LMGlarini dastlab N.K. Dmitriyev belgilab chiqqan edi; nutq fe'llari, sezgi fe'llari, faoliyat, harakat fe'llari kabi. Bu tasnif hozir ham amalda qo`llanilmoqda. Chunki 6-sinf “Ona tili” darsligida ham ushbu bo`linish mavjud. Fe'llarning LMGlarlni belgilab chiqish, har bir guruhni chuqur o`rganish alohida ilmiy ishlarning obyekti bo`lib, maxsus tadqiqotni talab etadi. A.A. Salkalamanidze ham fe'llarning lug`aviy-semantik guruhlarini o`rganar ekan, ularni guruhlashda fe'l valentligini, fe'l valentligini belgilashda esa ularning o`timli va o`timsizligini asos qilib oladi [4,18-19:]. Fe'l anglatgan ma`nolar qator mazmuniy guruhlarga ajratiladi, bunda harakatga xos yaratish, buzish, o`zgartirish, so`zlash, sezish, yo`naltirish bilan; holatga xos ruhiy-psixologik, tafakkur bilan bog`liq jihatlar e`tiborga olinadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling