Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Nutq fellari
I. Harakat fe'llari inson, hayvon, jonsiz predmetlarga xos faoliyatni ifodalaydi. Ular yurish, ta`sir etish, zarb berish kabilar bilan bog`liq bo`ladi.
Qo`l, yuz, og`iz, gavda bilan bog`liq harakatlarda harakatlantiruvchi obyektlar yaqqol ko`rinib turadi. Masalan: 1. Oyoq harakati bilan bog`liq fe'llar. Bu harakat, asosan, “yurmoq” fe'li bilan beriladi. Yurish bilan bog`liq bo`lgan: a) yo`rg`alamoq; b) pildiramoq: d) chopmoq: e) lapanglamoq. 2. Qo`l harakati bilan bog`liq bo`lgan fe'llarga quyidagilar kiradi: a) ushlamoq va uning ko`chma ma`nolari; b) silamoq: d) tirnamoq: e) shapaloq; f) chimchilamoq. II. Nutq fe'llari gapirish harakat bilan bog`liqdir. Bunday fe'llar inson faoliyati bilan aloqador bo`ladi. a) gapirmoq (sinonimlari-so`zlamoq, aytmoq, demoq): b) bidirlamoq; d) to`ng`illamoq; e) g`o`ldiramoq. III. Holat fe'llari. Inson tabiatiga xos bo`lgan jismoniy, ekspressiv-ruhiy holatlar o`ziga xos xarakterga ega. Holatlarni to`rtga bo`lishimiz mumkin: a) ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog`liq); b) tashqi holat (xursandlik, darg`azablik ... bilan bog`liq); d) jismoniy holat (sog`lomlik, betoblik, kuchlilik, zaiflik... bilan bog`liq); e) ijtimoiy holat (boylik, kambag`allik ... bilan bog`liq fe'llar). Ruhiy-psixologik holat fe'llari, asosan, insonga xos bo`lib, o`y-xayol, eslash, unutish, dard-alam tortish, achiqlanish, kuyish... bilan bog`liqdir. Bular, asosan, turg`un va frazeologik ibolar bilan beriladi va, shuningdek, ushbu fe'llar miya (o`y, tafakkur), yurak (ko`ngil) bilan bog`liq bo`lib, xuddi shu so`zlarning o`zi ham nutqda ba`zfn ishtirok etadi. Bunday fe'llar yangi dastur va darsliklarda (maktablar uchun) tafakkur fe'llari deb berilgan: O`yga tolmjq - o`yga cho`mmoq O`ylab - o`ylab o`yiga yetolmaslik Xayoli qochmoq Eslamoq – yodiga olmoq Ko`z o`ngiga keltirmoq Ko`nglidan o`tkazmoq Esiga tushmoq Esidan chiqmoq Ko`ngliga tugib qo`ymoq. Yasamoq, qurmoq, bunyod etmoq, hosil ,o`lmoq, chizmoq, yozmoq, barpo qilmoq, arralamoq, parchalamoq, sayqal bermoq, randa qilmoq, sindirmoq, yemoq, o`chirmoq.... kabi natijali faoliyat fe'llari va o`ylamoq, xayol surmoq, hukm chiqarmoq, o`yga botmoq, ko`z oldiga keltirmoq kabi tafakkur fe'llari ham mavjud. Bular sodda va qo`shma holatda bo`ladi. Fe'l stilistikasini o`rgangan olima M. Sodiqova bu o`rinda munosabat fe'llarini berib, ularni guruhlarga ajratadi: 1. Ijobiy xarakterdagi munosabat fe'llari; 2. Salbiy xarakterdagi munosabat fe'llari. Birinchi guruhga-erkalamoq, yaxshi ko`rmoq, maftun bo`lmoq, rom etmoq, eon bosmoq, o`rtaga tushmoq, rahmi kelmoq, xushomad qilmoq, e`zozlamoq, parvona bo`lmoq kabilarni kiritgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling