Щозирги ызбек адабий тили


Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar


Download 0.6 Mb.
bet57/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar:


Nisbat tushunchasi, aniq nisbat, majhul va o'zlik nisbat, orttirma nisbat, birgalik nisbat, nisbat kategoriyasining umumiy grammatik ma'nosi, bajaruvchining harajatdagi ishtirok tarzi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Nisbat shakllarining o'ziga xos tabiati nimada?
2. Nisbat shakllarining umumiy grammatik ma'nosini nima tashkil etadi?
3. Aniq nisbat shakli qanday ma'no ifodalaydi?
4. Orttirma nisbat shakllari va ma'nosi.
5. Majhul va o'zlik nisbat qay jihatdan farq qiladi?
6. Birgalik nisbat ma'nosi.
7. Istagan nisbat shaklini qanday vositalar orqali aniq nisbat shakli bilan berish mumkin?

Adabiyotlar:


1. Шоабдуращмонов Ш. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Тошкент. 1980.
2. Ызбек тили грамматикаси. 1-том. Тошкент. 1975.
3. Ne’matov H. va b. Ona tili. 6-sinf uchun darslik. Toshkent. 2001.

16-mavzu. BO`LISHLI-BO`LISHSIZLIK KATEGORIYASI

REJA:


1. Bo`lishli-bo`lishsizlik kategoriyasi haqida.
2. Bo`lishsizlik ma'nosining ifodalanishi.
Fe'llarga xos xususiyatlardan biri ularning bo`lishli va bo`lishsizlik kategoriyasiga ega bo`lishidir. Bo`lishli forma harakatning tasdig`ini, bo`lishsiz forma esa inkorini bildiradi: yozdi-yozmadi, keldi-kelmadi, bordi-bormadi.
Bo`lishli formaning maxsus grammatik ko`rsatgichi yo`q. Bo`lishsiz (inkor) ma'nosi esa maxsus vositalar yordamida ifodalanadi. Bular quyidagilar:
-ma qo`shimchasi harakatning inkori ma'nosini ifodalovchi asosiy formadir. Harakat nomi, maqsad ravishdoshi -ma qo`shimchasini qabul- qilmaydi.
Yetakchi+ko`makchi fe'ldan tashkil topgan birikuvlarda -ma qo`shimchasi uch xil qo`llanadi: 1) yetakchi fe'lga qo`shiladi: yozmay qo`ydi, tanimay qoldi, uxlamay chikdi: 2) ko`makchi fe'lga qo`shiladi: o`qib chiqmadi, yozib olmadi: 3) har ikkalasiga qo`shiladi: yozmay qo`ymadi, eshitmay qolmadi. Bunda ikki bo`lishsiz forma orqali tasdiq, ya'ni bo`lishli ma'no anglashiladi: Bu xujjatlarni hech kim eshitmay qolmadi.
Emas yordamchisi orqali faqatgina -gan va -moqchi formali fe'llarning bo`lishsiz shakli yasaladi: Quvongan emas, bormoqchi emas kabi.
Umuman olganda, bo`lishsizlik ifodalovchi «emas» aslida to`liqsiz fe'lning inkor formasidir: ermas emas. Hozirgi o`zbek tilida «emas» yordamchisi bo`lishsizlikdan boshqa ma'no ifodalamaydi. Shuning uchun uni bo`lishsizlik ifodalovchi maxsus so`z «element» deb hisoblash mumkin. Og`zaki nutkda bu so`zning birinchi tovushi tushib qolishi yoki «a» tarzida talaffuz etilishi mumkin: aytganmas, aytganamas kabi.
-ma faqat harakatning inkorini bildirsa, «emas» yordamchisi esa narsa-predmet, belgi va harakatning inkorini bildiradi: daraxt emas, katta emas, kelgan emas. Bunday hollarda «emas» so`zi fe'lning inkor formasini yasovchi emas, umuman inkor ma'nosini ifodalovchi so`z hisoblanadi.
Inkor ifodalovchi «yo`q» yordamchisi faqat -gan va -yotgan formali fe'llardan inkor ma'nosini ifodalaydi: yozgani yo`q, o`qigani yo`q, kelayotgani yo`q. Emas so`zi poetik talab bilan mustaqil so`zdan oldin qo`llanishi mumkin: Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasiga panja urmoq. (Navoiy).
Inkor yoki tasdiq ma'nosini ifodalashda so`roq bildiruvchi so`z, yuklamalarda intonasiyaning ham roli bor: Bu kalla bevafo dunyoda nimalarni ko`rmadi deysiz (P. T.) (tasdiq) Qayoqqa ketasiz... Sizni bu yerdan ketkazarmidik (P.T.) (inkor). Toshmat otasining bolasi emasmi, juda jonkuyar yigit (YA). (tasdiq). Na yordamchisi ham inkor hosil qiladi: na six kuysin, na kabob, na haqqim bor, na xuquqim...
Umuman, o`zbek tilida inkor ifodalash usullari va inkor ifodalovchi vositalar ko`p. Lekin fe'lning bo`lishsiz formasini yasovchi vositalar uchta: -ma qo`shimchasi, emas va yo`q yordamchilari.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling