Щозирги ызбек адабий тили
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
Kelasi zamon
Harakatning nutq momentidan keyin bajarilish yoki bajarilmasligini bildirgan fe'llar kelasi zamon fe'llari deyiladi. Kelasi zamon formalari ko`pincha hozirgi zamon formalari bilan bog`langan bo`ladi. Chunki hozirgi zamon fe'l formalari orqali ifodalangan harakat, asosan, nutq momentida tugallanib qolmay, undan keyin ham davom qilishi mumkin bo`lgan harakatni bildiradi. Kelasi zamon fe'llari sintetik yo`l bilan quyidagi forma yasovchilar yordami bilan hosil qilinadi. 1) -ajak, -yajak qo`shimchasi va tegishli shaxs-son qo`shimchalarini qo`shish bilan: borajakman, o`qiyajakman. Siz bilan yuksalajak shonimiz, kamolimiz (G`. G`.) 2) -moqchi qo`shimchasi va tegishli shaxs-son formalarini qo`shish orqali: kirmoqchiman. Men yoshlar tarbiyasi bilan astoydil shug`ullanmoqchiman. (Ac. M.) 3) -r, -ar bilan yasalgan sifatdoshlarga tegishli shaxs-son qo`shimchalarini qo`shish bilan: kelarman, o`qirman, kelmasman, o`qimasman. Qorli tog`lar turar boshida, gul vodiylar yashnar qoshida. (H. O.) 4) -a; -y bilan yasalgan ravishdoshlarga -digan sifatdosh yasovchi qo`shimchani qo`shish bilan: keladiganman, ishlaydigansan. 5) -a, -y bilan yasalgan ravishdoshlarga tegishli shaxs-son qo`shimchalarini qo`shish bilan boraman, o`qiyman. Bu tipdagi fe'llar kelasi zamonning boshqa formalariga nisbatan ma'no jihatdan turliligi, zamon jihatdan umumiyligi bilan ajralib turadi: a)hozirgi zamon ma'nosini bildiradi: Onam fabrikada ishlaydi. Ukam institutda o`qiydi. b) kelasi zamon ma'nosini bildiradi: Toshkentga bizning jamoamizdan bir kishi delegat bo`lib boradi. Bu kitobni Karim oladi. d) umumzamon belgisini bildiradi: Yer o`z o`qi atrofida aylanadi. Baliq suvda yashaydi. Zamon formalari ham biri o`rnida ikkinchisi qo`llanishi mumkin. Bu turli uslubiy talablar asosida bo`ladi. Jumladan, ishning yaqin orada aniq bajarilishini ifodalash uchun kelasi zamon ma'nosi o`z maxsus formasi bilan emas, balki hozirgi zamon fe'li orqali berilishi mumkin. Chog`ishtiring: -Sen ham ta'til oldingmi? -Oldim. Buxoroga boraman. -Sen-chi? -Men Moskvaga ketayotirman. Bu hodisa fe'l zamonlarining ko`chgan holda qo`llanishi sanaladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling