‘’Shtandort’’ nazariyasi
Download 1.95 Mb.
|
Презентация1GEO
- Bu sahifa navigatsiya:
- ‘’Shtandort’’ nazariyasi
- A.Veber fikricha
- Foydalanilgan adabiyotlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNVERSITETI IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI KAFEDRASI GEOGRAFIYA MUTAXASSISTLIGI 2-BOSQICH MAGISTRANTI ERGASHEV MUHRIDDINNING TAYYORLAGAN Taqdimot loyiha ‘’Shtandort’’ nazariyasi 1909 yilda Tyunenning vatandoshi –Alfred Veber «Sanoat shtandorti to‘g‘risida» nomli asarini chop ettirdi. U o‘zining diqqat-e’tiborini sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillarga qaratdi. SHu maqsadda Veber omillarning ta’sir kuchiga qarab, tabaqalashtirdi, asosiy hal qiluvchi omilni aniqladi. A.Veber sanoat shtandortining asoschisidir. SHtandort esa-korxonaning o‘rnashgan joyi yoki korxonaning optimal (standart) joylashgan nuqtasi ma’nosini anglatadi. Joylashtirish omili u yoki bu korxonani qurishda ko‘zda tutilgan iqtisodiy samaradorlik, foyda nuqtai nazaridan baholanadi. Bu foyda, Veber fikricha asosan xom ashyo mahsulotni realizatsiya qilish, transport va ishchi kuchiga ketgan xarajatlar nisbati hamda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatidan tashkil topadi. Keyinchalik u xom-ashyo va maxsulotni sotish bilan bog‘liq omilni umumiy transport sarf-xarajatlariga kiritdi. CHunki, mahsulotning tannarxiga xom-ashyoni keltirish, mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar ham kiradi. A.Veber fikricha sanoat shtandortini belgilovchi ikkita omil –transport va ishchi kuchi (mehnat resursi) olindi. Veber keyinroq ularga yana bir muhim omilni qo‘shdi – u ham bo‘lsa aglomeratsiya omilidir. ‘’Shtandort’’ nazariyasi Transport omiliga mahsulot yoki xom-ashyoning vazni, tashiladigan masofa, mehnat resursida ish xaqi, aglomeratsiya omilida esa korxonalarning bir joyda to‘planishi hisobga olinadi. A. Veber ilmiy adabiyotda o‘zining shtandort nazariyasi, «joylashtirish omili» va «aglomeratsiya samaradorligi» tushunchalarini kiritganligi bilan mashhurdir. Aglomeratsiya samaradorligi-bu asl mohiyatiga ko‘ra mujassamlashuv (konsentratsiya) samaradorligi bo‘lib, u xozirgi kunda korxonalarning yiriklashuvidan, ya’ni miqyos, masshtab iqtisodi asosida emas, balki korxonalarning kooperatsiya va ixtisoslashuv («xilma-xillik», yoki sifat iqtisodi) natijasida erishiladi. ‘’Shtandort’’ nazariyasi Ana shunday iqtisodiy geografik holat alohida korxona yoki tarmoqlarni ayrim joylarda o’rinlashtirish ta’sirida o’zgaradi, notekislik xususiyatini oladi. Boshqacha qilib aytganda, avvalgi tabiiy ko’rinishdagi iqtisodiy tekislik notekislikka, hududiy mujassamlashuvning kuchayishiga o’zgaradi. Buning natijasida notekislikni tekislashga urinib ko’radigan ilmiy izlanishlar talab etildi. A.Veber ilmiy adabiyotda o‘zining shtandort nazariyasi, “joylashtirish omili” va “aglomeratsiya samaradorligi” tushunchalarini kiritganligi bilan mashhurdir. Aglomeratsiya samaradorligi – bu asl mohiyatiga ko‘ra mujassamlashuv (konsentratsiya) samaradorligi bo‘lib, unga hozirgi kunda korxonalarning yiriklashuvidan, ya’ni miqyos, masshtab iqtisodi asosida emas, balki korxonalarning kooperatsiya va ixtisoslashuv natijasida erishiladi. Ta’kidlash joizki, I.Tyunen va A.Veber g‘oyalari o‘z davri talabiga mos kelardi. Chunki, u davrda hududning iqtisodiy sig‘imi, zichligi uncha yuqori emas, hududiy-iqtisodiy manzara qutbiylashmagan, ya’ni deyarli bir tekis edi. Ana shunday iqtisodiy geografik holat alohida korxona yoki tarmoqlarni ayrim joylarda o‘rinlashtirish ta’sirida o‘zgaradi, notekislik xususiyatini oladi. Boshqacha qilib aytganda, avvalgi tabiiy ko‘rinishdagi iqtisodiy tekislik notekislikka, hududiy mujassamlashuvning kuchayishiga o‘zgaradi. Buning natijasida notekislikni tekislashga urinib ko‘radigan ilmiy izlanishlar talab etildi. Xuddi shunday regulyar tizimga moslashgan ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil qilish g‘oyalarini V.Kristaller va A.Lyosh yaratdi. Foydalanilgan adabiyotlar https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/iqtisodiyot/sanoat-ishlab-chiqarishini-joylashtirish https://www.samdu.uz/public/images/%D0%B8%D0%BD%D1%81%D0%BE%D0%BD%20%D0%B3%D0%B5%D0%BE%D0%B3%D1%80%D0%B0%D1%84%D0%B8%D1%8F%D1%81%D0%B8.pdf E’tiboringiz uchun rahmat Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling