Nаsоslаrining yanа bir turi TQN - 2 - 43 - 4200 - II - P - 120. Bu yеrdа 4200 - plunjеrning hаrаkаt uzunligi mm. Quvurli nаsоslаr chuqurligi 1200 mеtrgаchа bo`lgаn quduqlаrdа ishlаtilib, ulаrni tа’mirlаshdа yoki аyrim qismlаrini аlmаshtirishdа ko’tаrib-tushirish оpеrаsiyalаrigа ko’p vаqt sаrflаnmаydi. Chuqurlik shtangali nasos maxsus konstruktsiyali plunjerli nasos ko’rinishidadir. Nasoslardagi uzatmali harakat yer usti orqali shtanga tizmasi orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bunday nasoslar chuqurlik shtangali nasoslar deb ataladi. Shuning uchun ham bunday nasoslar chuqurlik shtangali nasoslar deb ataladi. Shtangali nasos qurilmasi (3-rasm) chuqurlik plunjer (1) nasosidan tuzilgan bo’lib, NKQ (4) orqali quduqdagi dinamik sathga tushiriladi. Tebratma dastgoh quduq ustiga o’rnatiladi, quduq usti jihozlari salnikli uchlik (troynik) va planshaybadan iboratdir. Quduqqa (3) shtangalarda nasos plunjeri (2) tushiriladi. Yuqoridagi shtanga polirovkali shtok deb atalib, (6) salnik orqali o’tib, travers va egiluvchan arqon osilmasi yordamida tebratma dastgoh muvozanatlagich (7) boshchasiga biriktiriladi. Tebratma dastgohning harakatlanishi elektrodvigatel yuritmali uzatma tizimi yordamida amalga oshiriladi. Elektrodvigatel (11) tebratma dastgohni (12) reduktor, krivoship (1) va (9) shatun yordamida (8) muvozanatlagichdagi (muvozanatlilik) ilgarilanma harakatni hosil qiladi. Bu harakat (3) tizma shtangi orqali nasos plunjeriga (2) uzatiladi. Quduq ustiga (5) uchlik (troynik) o’rnatilgan bo’lib, unga neft quduqdan kirib keladi. Elektrodvigatel (11) tebratma dastgohni (12) reduktor, krivoship (1) va (9) shatun yordamida (8) muvozanatlagichdagi (muvozanatlilik) ilgarilanma harakatni hosil qiladi. Bu harakat (3) tizma shtangi orqali nasos plunjeriga (2) uzatiladi. Quduq ustiga (5) uchlik (troynik) o’rnatilgan bo’lib, unga neft quduqdan kirib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |