Shu bilan birga, bunday xurujlarga qarshi kurashda quyidagilar muhim


Download 16.16 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi16.16 Kb.
#1471106
Bog'liq
axborotga tahdid


Axborot xurujlari ta`siriga eng ko`p beriladigan aholi qatlami bu yoshlardir. Afsuski, axborot-kommunikasiya texnologiyalarining jadal sur`atlar bilan rivojlanishi axborot tahdidlarining ham kuchayishiga olib kelmoqda. Internet vositasida ishlaydigan dasturlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali juda katta oqimda ma`lumotlar almashishi ro`y bermoqda. Ular asosan qiziqarli voqealar, gap-so`zlar, shou-biznes, sport xabarlari, yangiliklardan iborat. Biroq hech kim tashqi kuchlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlardan o`z maqsadi yo`lida foydalanmaydi, deb kafolat bera olmaydi. Misol uchun, Telegram messendjerida ba`zi bir guruhlarning ishtirokchilari soni 50 000 dan oshadi. Shunday guruhlar borki, unda asosan fahsh fotorasmlar, video lavhalar joylashtirilmoqda. Bu ma`naviyati, madaniyatida qusr bo`lgan shaxslarni o`ziga jalb qilish uchundir. Aynan shunday toifa kishilar o`zlariga javob berisha olmaydi. Keyinchalik bunday kanallarda siyosiy mavzuga taalluqli ma`lumotlar tarqatilishi va guruh a`zolarining fikrini o`zgartirishga, ma`lum bir yo`nalishga solishga harakat qilinishi mumkin.
Respublikamizning birinchi prezidenti muhtaram Islom Karimov “...bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega” ekanligini ta`kidlagan edi. Mafkura poligonlarida kuchlar nisbati esa axborot, axborot xuruji vositasida hal etilmoqda.
Mamlakatimizga nisbatan qilinayotgan axborot xurujlariga qarshi kurashda ba`zan “It huradi, karvon o`tadi” qabilida ishlash o`rinlidek ko`rinadi. Biroq, fikrimcha axborot xurujlari kimlar, qaysi tuzilmalar tomonidan, nima maqsadda tashkil qilinayotganligi ma`lum bo`lganda, ularga qarshi kurashda eng yaxshi himoya hujum ekanligidan kelib chiqishimiz kerak.
Axborot xurujlariga qarshi kurashda kurashning tizimli bo`lishligi, uning zarur huquqiy bazasi shakllantirilganligi o`ta muhim. Shu bois axborot xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan alohida qonun hujjati qabul qilish masalasi ko`rib chiqilishi kerak.
Shu bilan birga, bunday xurujlarga qarshi kurashda quyidagilar muhim:
1. Axborot makonini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, o`zgarishlar, aholining qiziqishi yuqori bo`lgan masalalar haqidagi ob`ektiv va pozitiv axborot bilan doimiy ravishda to`ldirib borish.
2. Fuqarolarimizda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan kompleks choralar ko`rilishi kerak. Xususan yoshlarimizni tafakkur qilishga, har qanday axborotni tahlil qilib so`ng xulosa chiqarishga o`rgatishimiz zarur.
3. Mamlakatimiz, davlat apparati, rahbarlar haqida noto`g`ri ma`lumotlar, tuhmat, uydirmalar, buzilgan axborot tarqatuvchi har qanday axborot vositalari faoliyatiga qonun doirasida chek qo`yish.
4. Aholiga chet ellarda turib mamlakatimiz to`g`risida noto`g`ri, bir taraflama axborot tarqatuvchi axborot vositalari, shaxslarning asl qiyofasini ochib beruvchi axborotni etkazish.
5. Milliy g`oya, mafkura, ma`naviyat tushunchalari, shu jumladan fuqarolarimizning vatanparvarligi axborot xurujlariga qarshi muhim omillardir. Bu yo`nalishda amalga oshirayotgan ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish
6. “Beshinchi kolonna”ni aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralarni ko`rish tizimli tarzda davom ettirilishi kerak. Chunki aynan “beshinchi kolonna” tashqi kuchlarning buzg`unchi g`oya, axborotlarini tarqatishda vositachi vazifasini bajaradi.
Bir so`z bilan aytganda, biz axborot xurujlariga qarshi yangicha fikrlashimiz, ishlashimiz darkor. Bunda tinchlik va barqarorlikni ta`minlash,o`z xalqining xotirjam va farovon hayoti uchun yonib yashagan muhtaram I.Karimovning quyidagi so`zlarini yodda tutishimiz kerak: “Hammamizga ayon bo`lishi kerakki, “axborot asri” deb nom olgan XXI asrda hech qaysi davlat yoki jamiyat o`zini temir devor bilan o`rab yashay olmaydi. Ayni paytda, ahvol shunday ekan, deb qo`l qovushtirib o`tirish ham to`g`ri kelmaydi, bunday tahdidlarga javoban, biz ham, sodda bo`lmasdan, zarur chora-tadbirlarni ko`rishimiz kerak”.
Download 16.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling