Shu bilan birga, hududlarda “yashil maydon”lar -4 baravarga qisqarib, oʻrtacha foizdan kamayib ketdi. Yer usti va osti suv sathining keskin pasayishi ham ekologik vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda
Download 1.65 Mb.
|
Olmaliq shahridagi zavod
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida hududlarda «Mahallabay» ish tashkil etish vazifasi belgilab berilgandi. Bu masala ijrosi yuzasidan Respublika ishchi guruhining Ohangaronga tashrifi asnosida ham shahar va tuman aholisi bu hududdagi oʻnlab sanoat korxonalari, ayniqsa, OKMK tomonidan ekologiya va atrof-muhitni zararlantirish holatlari qayd etilayotganini roʻy-rost aytishgandi.
Oʻnlab qishloqlar aholisining taʼkidlashicha, Ohangaron kichik sanoat zonasidagi bir qator korxonalar jumladan, «Ohangaronsement» AJ hamda «Yangi Agren» IES, Olmaliq shahridagi “OKMK” AJ, «Ammofos-Maxsam» kabi vallomatlarning ishlab chiqarish korxonalari orqali havoga zararli chiqindilar tarqayotgani kuzatilmoqda. Buning oqibatida odamlar salomatligiga jiddiy putur yetkazilishi mumkin. Ana shu masalalarga oydinlik kiritish maqsadida “OKMK” rahbariyati bilan bogʻlanish uchun qilgan harakatlarimiz samarasiz yakun topdi.
Toshkent viloyat FVBning Olmaliq shahar boʻlimi mutasaddilari esa, bu borada biror bir maʼlumotga ega emasliklarini bildirishdi. Ularning fikriga koʻra, shaharda hech qanday favqulodda holat qayd etilmagan. Shundan soʻng, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Olmaliq shahar inspeksiyasiga murojaat qildik. Biroq bu yerdan ham aniq javob ololmadik.
Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling