Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari faoliyati bilan


Download 18.35 Kb.
Sana07.10.2023
Hajmi18.35 Kb.
#1694352
Bog'liq
Shu nuqtai naza-rdanWPS Office


Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari faoliyati bilan

bevosita bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlari qabul qilingan. Ular ichida oila

budjetini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim qonunlar mavjud.

“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va “Oila tadbirkorligi to‘g‘risida”gi O‘zR

Qonunlari shular jumlasiga kiradi. Ushbu qonunlar negizida uy

xo‘jaliklarining ishlab chiqarish hamda oila biznesi amalga oshiriladi.

Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda “Dehqon xo‘jaligi

to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan davrga qadar (1998 yilgacha) Davlat

statistika qo‘mitasi tizimida, oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer

uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradigan barcha

subyektlar nomlari, shu jumladan tomorqa xo‘jaligi, shaxsiy yordamchi

xo‘jaliklar “dehqon xo‘jaligi” nomi bilan yuritilgan.

Qonunga muvofiq “Dehqon xo‘jaligi” mayda tovar ishlab

chiqaruvchi xo‘jalik hisoblanadi. Oila boshlig‘iga meros qilib qoldirish

huquqi bilan ajratib berilgan yer uchastkasida oila a'zolari mehnatidan

foydalanib mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ular oila iste'moliga hamda

bozorda sotish uchun taqsimlanadi.

Oila tadbirkorligi (biznesi) hamda dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risidagi

qonunlarning qabul qilinishi uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish faoliyatini

hamda ularni moliyaviy va investisiyalash funksiyalarini

faollashtirmoqda.

Turli iqtisodiyotlardagi uy xo‘jaligi shakllari

Uy xo‘jaligi funksiyalarini to‘laqonli bajarilishi jamiyatning

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol' o‘ynaydi. Shu bois iqtisodiy

rivojlanish ko‘p jihatdan uy xo‘jaliklari holati bilan tavsiflanadi. Turli

iqtisodiyotda uy xo‘jaliklari shakllari o‘ziga xos xususiyatga ega.

Uy xo‘jaligi insonni tashqi muhitning noaniqligi, unga yuklatiladigan

harakat normalari va qoidalari, kundalik muammolarga ortiqcha e'tibor

qaratishdan saqlaydi. Binobarin, institutsional muhit xususiyatlari

(noaniqlik darajasi, rasmiy va norasmiy me'yorlarning o‘zaro nisbati, sodir

bo‘layotgan o‘zgarishlar tezligi) uy xo‘jaligi tarkibiga ta'sir ko‘rsatadi.

Korxona yoki davlatning hamma uchun bir xil (universal) modeli

bo‘lmagani kabi, uy xo‘jaligining ham yagona modeli mavjud emas. Shu

munosabat bilan turli iqtisodiyotlar sharoitida shakllangan uy xo‘jaligining

uchta shaklini ajratish mumkin. Ular qatoriga–bozor iqtisodiyoti,

buyruqbozlik iqtisodiyoti va buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor

iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida faoliyat yurituvchi uy xo‘jaliklarini kiritish

mumkin. Ushbu toifadagi uy xo‘jaliklari faoliyati va rivojlanishining

o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat (14.3-jadval).

Buyruqbozlik iqtisodiyotida uy xo‘jaligi. Buyruqbozlik

iqtisodiyotida inson kapitalini tiklash bir qator muammolarga duch keladi.

Tashqi muhitning barqaror xususiyatga egaligiga qaramay, uy

xo‘jaligining kundalik hayoti iste'mol tovarlari va xizmatlarning tanqisligi

bilan murakkablashadi. Boshqa holatda mahsulotlar yoki kiyim-kechak

xarid qilishning mutaassiblik (tez-tez takrorlanib turuvchi holatlar) tadbiri

ko‘p vaqt, kuch va ruhiy xayajonlarni talab qiluvchi jarayonga aylanadi.

Buyruqbozlik iqtisodiyotida uy xo‘jaligining shakllanishini iqtisodiy

jihatdan asoslash uning negizida tanqis tovar va resurslardan foydalanishni

kengaytirishdan iborat bo‘lgan. Partiya-davlat pog‘onasidagi o‘rniga ko‘ra

noyob resurslardan foydalanishning tabaqalanishi uy xo‘jaligi va

davlatning o‘zaro munosabatlari turini alohida ifodalagan. Uy xo‘jaligi

budjet cheklovlari, korxonaning budjet cheklovlariga nisbatan ancha qat'iy

bo‘lishiga qaramay, uy xo‘jaligi tomonidan davlatdan olinadigan pul

(ijtimoiy transfertlar) va pul bo‘lmagan (nufuz, taqchil tovarlardan

foydalanishda ustunlik) shakldagi “renta daromadlari”ni hisobga olish

lozim.

Uy xo‘jaliklarida yuz beradigan barcha iqtisodiy munosabatlarning

mohiyati ularning funksiyalari orqali tavsiflanadi. Uy xo‘jaligi a'zolari

tomonidan iqtisodiy faoliyatning amalga oshirilishi jarayonida u iqtisodiy

birlik (tashkilot) sifatida ishlab chiqarish va iqtisodiy noishlab chiqarish



funksiyalarini, moliyaviy tizim subyekti sifatida esa qayta taqsimlash,

tartibga soluvchi va nazorat funksiyalarini bajaradi
Download 18.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling