Шу тарзда банклар ва банк фаолиятига оид конун хужжатлари туплана бориб, аста-секин конунчилик тармоги сифатида шакллана борди хамда бугунги кунда банк фаолияти, хисоб-китобларни ташкил этиш


Download 215 Kb.
bet16/21
Sana17.06.2023
Hajmi215 Kb.
#1552535
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
429 Bozor iqtisodiy

Ikki yoqlama yozuv tamoyili. Bu tamoyil korxonada yuz bergan har qanday operatsiyaning summasini bir vaqtning o‘zida ikkita schetda, ya’ni birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettirishni bildiradi. Ushbu tamoyilga amal qilish korxonaning aktivlari va ularning tashkil topish manbalari summalarini doimo teng bo‘lishini ta’minlaydi.
Qiymat tamoyili. Bu tamoyil korxona aktivlari va passivlarini tannarx yoki bozor baholarida (ulardan qaysi biri past bo‘lsa, o‘shanda) hisobga olishni bildiradi.
Pulda ifodalash tamoyili. Bu tamoyil barcha aktiv va passivlarni, yuz bergan operatsiyalarni milliy valyutada, ya’ni sum va tiyinlarda aks ettirishni bildiradi.
Ehtiyotkorlik yoki konservatizm tamoyili. Bu tamoyil korxona hisobotida aktivlar va daromadlarni kam (ko‘p) qilib ko‘rsatmaslikni, shu bilan birga majburiyatlarni yoki harajatlarni ko‘p (kam) qilib ko‘rsatmaslikni ifodalaydi. Ushbu tamoyilni qo‘llash yashirilgan rezervlarni vujudga keltirish, biron maqsadda aktiv yoki foydani kamaytirib (ko‘paytirib) ko‘rsatish, harajat va majburiyatlarni ko‘paytirib (kamaytirib) ko‘rsatish huquqini bermaydi.
Hisobot davri raromad va harajatlarining mosligi tamoyili. Bu tamoyil hisobot davri harajatlariga shu davrda real daromad keltirgan qismini kiritishni bildiradi.
Mazmunni shakldan ustunlik tamoyili. Bu tamoyil korxona aktivlarini huquqiy maqomi bo‘yicha emas, balkim ularning iqtisodiy mazmuni, egalik qilish huquqini berilish vaqtiga ko‘ra hisobga olish va balansga kiritishni ifodalaydi. Masalan, tovar–moddiy boyliklar korxonaga kelib tushgan sanadan boshlab, ular uchun xaq to‘langan yoki to‘lanmagan bo‘lishidan qat’iy nazar, korxona aktivlari tarkibiga kiritiladi va balansga olinadi. Uzoq muddali ijaraga olingan asosiy vositalar ham ularning haqi to‘lanishi muddatidan qat’iy nazar korxona balansiga olingan kundan boshlab kiritiladi.
Neytrallik tamoyili. Bu tamoyil moliviy hisobotni bironta shaxs manfaatlari uchun boshqa bironta shaxs zararlari evaziga moslashtirmaslikni bildiradi.

Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling