Shug‘ullanuvchilar haqidagi mulohazalari, asarlari tahlili yoritib berilgan
Download 477.21 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher-navoiy-so-z-san-atida-shoh
www.scientificprogress.uz
Page 305 boshlash zarur ekanligi bot-bot uqtiradi. Keyin esa biroz kechikish mumkiniligi ta’kidlaydi. Navoiy ilm olish, ustoz, olim ko‘rish, ularga ehtirom ko‘rsatish haqida shunday deydi: “Birovkim qilsa olimlarga ta’zim, Qilur go‘yoki payg‘ambarga ta’zim”. Hattoki musulmon xalqining muqaddas kitobi bo‘lmish Qur’oni Karimda ham ilm olish, o‘rgatish eng yaxshi amal ekanligini tasdiqlagan holda bu hikmat ilm o‘rgatuvchi ustozga hurmat payg‘ambarga hurmat darajasiga ko‘tarilganligini o‘zida namoyon etmoqda. Shoirning asarlari olamining eshigini ochmasimizdan avval, uning nomi har qanday kitobxonni o‘ziga jalb qiladi. Ya’ni nomining o‘zi eshikni ochishga undaydi. Masalan, “Badiiylik ibtidosi” (“Badoye ul-bidoya”), “Ma’nolar xazinasi” (“Xazoyin ul- maoniy”), “Yoshlik g‘aroyibotlari” (“G‘aroyib us-sig‘ar”), “Musulmonlar chirog‘i” (“Siroj ul-muslimiyin” yoki “Xamsa” asarining asosini tashkil qiluvchi “Yaxshi kishilarning hayratlanishi” (“Hayrat ul-abror”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Yetti sayyora” (“Sab’ayi sayyor”), “Iskandar devori” (“Saddi Iskandariy”) kabi dur-u gavharlarga berilgan nomlarning o‘zi qiziqish uyg‘otmay qo‘ymaydi. Ularni o‘qigan insonlarni esa bevosita dengizga, ma’nolar ummoniga g‘arq qiladi. Uzoq vaqt insonga xos tuyg‘ular haqida o‘y surishga majburlaydi. Rostgo‘ylik va yolg‘on, yaxshilik va yomonlik, saxiylik va xasislik, kamtarlik va manmanlik, ezgulik va yovuzlik kabi bir qator fazilat va illatlarni, oq-u qorani ajrata olishni, hayot yo‘llarida uchraydigan mushkulotlardan osongina o‘tishni Navoiydan o‘rgana olamiz. Navoiy butun insoniyatga hayot yo‘llarida ustoz, tarbiyachidir [2]. Muhokama Alisher Navoiy orzulari mana necha yildirkim, XXI asrda ijobat bo‘lmoqda. “Qani endi, mening Farhodlarim, Shirinlarim shu bepoyon sahrolarga kelib, shu joylarni obod qilsalar, suv chiqarib, bog‘-rog‘lar barpo qilsalar, imoratlar, yo‘llar, masjid-madrasalar, shifoxonalar barpo etsalar, sahrolar o‘rnida go‘zal bir yurt bunyod bo‘lsa”, deya qilgan orzulari Allohning marhamati, ajdodlarimizning iltijolariga ko‘ra, hech bir go‘sha yo‘qki, gullab-yashnamagan. Zamonaviy asrda yurtning har qarich yeri guliston, bo‘stonga aylantirilayotgani ahamiyatli hisoblanadi. Natija Bugun dunyo Navoiyni mehnatkashlik, poklik, halollik, aql-farosat, yaxshi odamlar qalbidagi zakovat va saxovat, samimiyat, sevgi-sadoqat, fidoiylik, baxt, jahon xalqlarini do‘stlik va hamkorlikka, ezgulikka chaqirishda odillik, insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularining timsoli sifatida ulug‘laydi. Asarlarida o‘z ifodasini topgan millat taqdiri, el-yurt qayg‘usi, yurtni obod qilish, ilm, madaniyatni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat, axloqiy yuksaklik sari qadamlar, go‘zallik, mehr-muruvvat, adolat uchun kurash g‘oyalari bugungi kunda mamlakat taraqqiyotida muhim o‘rin tutmoqda. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 477.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling