Shunga qaramay zilzila juda katta talofot yetkazgan
Download 18.02 Kb.
|
Toshkent zilzila
1966 yil 26 aprel tongi soat 5 dan 23 daqiqa oʻtganda markazi “Qashqar” (Qoshg‘ar) mahallasi va “Labzak” o‘rnida bo‘lgan Rexter shkalasi bo’yicha magnitudasi 5,3, 12 balli tizimi bo’yicha 7-8 balli dahshatli silkinishlar roʻy berdi. Shahar chekkasida esa zilzila 6 ballgacha pasaygani qayd etildi. Zilzila o‘qchog‘i 5-10 kilometr chuqurda joylashgan bo‘lgan va 10-12 soniya davom etgan. Zilzila bo‘lishidan avval juda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Shahar chekkasida shafaq ko‘rindi. Silkinishlar vertikal holatda bo’lganligi sababli ayrim binolar yoriqlar bilan qoplangan bo‘lsada silkinishlarga bardosh bergan. Aynan mana shu omil minglab odamlarni o’limdan asrab qolganligi aytiladi. Asosiy tebranish 1966—68 yillar mobaynida yuz berib turgan bir qancha aftershoklar bilan davom etdi. Zilzilaning qaytalab turishi 2000 dan ortiq boʻlganligini Markaziy seysmik stansiya qayd qilgan. Shunga qaramay zilzila juda katta talofot yetkazgan. Zilzila natijasida, 2 million metr kvadratdan ziyod turar-joy maydoni, 236 ta ma’muriy bino, 700 ga yaqin savdo va ovqatlanish shoxobchalari, 26 ta kommunal xo‘jalik korxonasi, 180 ga yaqin o‘quv yurti, 8 ming o‘rinli maktablar, 36 ta madaniy-maishiy muassasalar, 185 ta tibbiyot va 245 ta sanoat korxona binolari jiddiy talofat ko‘rdi. 78 ming oila yoki 300 ming odam boshpanasiz qoldi. Ma’lumot o’rnida aytish joizki o‘shanda Toshkentda yarim million aholi istiqomat qilgan. Rasmiy ma’lumotlarda zilzila natijasida 8 kishi halok bo‘lganligi va 150 ga yaqin kishi jarohatlanganligi aytiladi. Yana bir ma’lumotda esa halok bo‘lganlar soni 15 kishi ekanligi qayd etilgan. Boshqa ayrim manbalarda esa raqamlar ancha jiddiy ko‘rinish tus olganligi, qurbonlar soni hattoki 200 kishidan ortiqligi haqida ham ma’lumotlar bor. Umuman bu borada oʻlganlar sonining kam koʻrsatilganligiga Sovet davlatining yopiq siyosati sabab qilib koʻrsatiladi. Keyinchalik esa kuchli hayajonli qo’rquvni boshidan o’tkazgan ko’pgina qariyalar vafot etdi. Zilzila bo‘gan kuniyoq tezkor hukumat komissiyasi tashkil etiladi. SSSRning barcha respublikalaridan Toshkentga turli ko‘rinishda yordamlar kela boshladi. Katta qurilish va rekonstruksiya loyihasi tayyorlangan. Shaharni qayta qurish jarayonida boshqa sovet respublikalaridan kelgan 22 ming ishchi-quruvchilar qatnashgan. Zilzila sodir bo‘lgandan so’ng 14 mingdan ziyod vaqtinchalik chodirlar tikilib butun boshli chodir shaxarcha barpo qilinadi. 15 mingda ortiq oila o‘z roziligi bilan O‘zbekistonning boshqa hududlari yoki qo‘shni davlatlarga joylashtirildi. Fuqarolarning shaxsiy va jamoaviy mablag‘larini o‘tkazadigan jamg‘arma tashkil qilingan va mazkur jamg‘armaga 10 million rubldan ortiq pul kelib tushgan. 600 ga yaqin vaqtinchalik oziq-ovqat do‘konlari tashkil qilindi. Suv ta’minoti uzluksiz ishladi. Bu bilan o‘z navbatida shaharda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan epidemiyaning oldi olindi. Noyabr oyiga kelib esa eng so’nggi chodirlar yig’ishtirib olinadi. 1966 yilning dekabrida kelib qurilish ishlarining birinchi bosqichi tugaydi va 22 ming oilaning uyi qayta tiklab berildi. Qurilgan binolarga esa “Qozog’iston tuhfasi”, “Estoniya qurmoqda”, “Ukraina qurmoqda” , “Sverdlovskliklar sovg’asi” kabi yozuvlar bitilgan. Qisqa vaqt ichida shahar qiyofasi oʻzgardi. Toshkent goʻzal, zamonaviy shaharga aylandi. Shuningdek uy-joyi zarar ko’rmagan ko’pgina oilalar boshpanasiz qolgan oilalarga o’z uyidan joy berishdi. Bu borada ikkinchi jahon urushi urush davrida 14 nafar bolani o’z tarbiyasiga olgan Shoahmad Shomahmudov yana bir bor matonat ko’rsatganligi haqida gazetalarda yozishgan. Ya’ni bu vaqtda 75 yoshni qarshilagan Shoahmad Shomahmudov boshpanasiz qolgan 3 bolalik beva ayolga bir uyini bergan. Partiya komitetlariga, davlat bankiga va mahalliy gazetalar redaksiyalariga “Toshkent aholisiga tegsin” degan so’zlar yozilgan xatlar kelgan. Masalan Xarkovlik bir kishi xatida “Boshpanasin qolgan bir oilaning farzandini o‘z bag‘rimizga olamiz. Urush payti biz yosh bola edik. Toshkent bizga non bilan boshpana berdi. Endi yordam berish bizning navbatimiz” deya yozgan. Shuningdek, ko’plab boshqa respublikalardan Toshkent qurilishida ko’ngillik tarzda qatnashish istagida bo‘lganlardan xatlar kelgan. Yana bir jihati, manbalar shaharda o‘sha vaqti talonchilik holati umuman kuzatilmaganligi aytiladi. Download 18.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling