Shuningdek, 40 nafar tadbirkorlar va jismoniy shaxslar qabul qilinib, murojaatlari tinglandi


Download 17.2 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi17.2 Kb.
#150589
Bog'liq
Sayyor Sud


Ma’muriy, Iqtisodiy, Fuqarolik va Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudlari raislari 2020 yil 5 mart kuni Samarqand shahri va Samarqand tumani Xalq qabulxonalarida tadbirkorlik sub’yektlari, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul avvalida sud raislari qonunchilikdagi yangiliklar, shu jumladan, tadbirkorlik uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash borasida qabul qilinayotgan hujjatlar mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, 40 nafar tadbirkorlar va jismoniy shaxslar qabul qilinib, murojaatlari tinglandi.

Natijada 28 nafar fuqaroga huquqiy maslahat berildi va 2 nafar fuqaroga sud qarorlarining ijrosi bo‘yicha Majburiy ijro byurosi xodimlariga murojaat qilishi tushuntirildi. 10 ta murojaat hal etildi.

Bundan tashqari, sayyor sudlarda 5 nafar mahkumlarga nisbatan ishlar ko‘rilib, ular jazoni o‘tash joyidan muddatidan oldin ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi. Viloyat sudi kassatsiya instansiyasida 1 nafar shaxs ish bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplagani uchun tayinlangan jazodan ozod qilindi.

Shu bilan birga, ma’muriy ishlar yuzasidan 17 nafar shaxslarga oid ishlar ko‘rildi. Unda 6 nafar shaxsga nisbatan ishlar huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilganligi, 11 nafar shaxsga nisbatan ishlar huquqbuzarlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgani va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagani uchun tugatildi.

Albatta, bu kabi ijobiy holatlarni bugungi kunda yurtimizdagi barcha sudlar faoliyatida ko‘rish mumkin. Bunday natijalar sud-huquq islohotlarining ijobiy hosilasi, albatta. Ayniqsa, o‘tkazilayotgan sayyor sudlarning samarasini alohida ta’kidlash joiz.

Sayyor sud majlislari bevosita keng jamoatchilik ko‘z o‘ngida o‘tkazilayotgani ibrat maktabi bo‘layotganini yaqqol ko‘rinmoqda. Bunday ahamiyatli tadbirlar yurtimizda huquqbuzarlikni kamaytirish omiliga aylanganini his etish qiyin emas. Bu mamlakatimiz odil sudlov tizimidagi ijobiy voqeliklarning muhim bir jihatidir.

Ikkinchi jihat jazolarni liberallashtirish, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq jazolarni keskin kamaytirish borasidagi amaliy ishlarda ko‘rinadi. Shu o‘rinda ilgari sudlar hukm yoki ajrim chiqarish payti jamoatchilik fikri, xohish-irodasiga befarq qarab kelganini ham aytib o‘tish lozim.

Endi bu bo‘shliq to‘ldirildi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizdagi bir qator jamoat tashkilotlari, xususan, Yoshlar Ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Nuroniy" jamg‘armasi, ushbu tashkilotlarning joylardagi bo‘lim va bo‘linmalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga sudlanayotgan shaxsni jinoyat yo‘liga qayta kirmasligi hamda mazkur huquqbuzarlikni qayta sodir etmasliklari uchun kafillikka olish, shu asnoda oilasi bag‘rida qoldirilgan fuqarolarni qayta tarbiyalash vakolati berildi.



Ana shunday ezgu sa’y-harakatlar huquqbuzarliklarni kamayishiga sabab bo‘layotir.
Download 17.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling