Shuningdek, dasturga ko‘ra 2026 yilga borib qurilish materiallarining eksporti 2021 yilga nisbatan 1,8 baravarga oshiriladi


Download 337.08 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi337.08 Kb.
#1173520
Bog'liq
Документ


Y
ildan-yilga qurilish materiallari sanoati taraqqiy etib bormoqda. Yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida ko‘plab sanoat korxonalari foydalanishga topshirilmoqda, yangi turdagi, innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda, eksport ko‘lami kengaymoqda. Bu esa nafaqat mahaliy balki jahon bozorini zamonaviy, arzon, sifatli qurilish materiallari bilan ta’minlash imkonini bermoqda. Shu bois tarmoqni yanada takomillashtirish, sohaga xorijiy investorlarni keng jalb qilish, eksport ko‘rsatkichlarini oshirish hamda yangi sanoat korxonalarini tashkil etish maqsadida 2022-2026 yillarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra 2026 yilga borib tarmoq bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 42,3 trln so‘mga yetkazish va bunda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarning ulushini 2016 yildagi 32,3 foizdan 53 foizgacha yetkazish belgilangan.
Natijada, asosiy turdagi qurilish materiallariga bo‘lgan talab mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘liq qoplanadi. Jumladan, gazobeton, issiqlik saqlovchi izolyatsiya materiallari, qurilish oynasi, sement kabi mahsulotlar bo‘yicha ichki talab qoplanib, mahsulotlarning bir qismi xorijga eksportga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, dasturga ko‘ra 2026 yilga borib qurilish materiallarining eksporti 2021 yilga nisbatan 1,8 baravarga oshiriladi.
Tarmoqni rivojlantirishga 2,76 mlrd dollarlik invenstitsiyalar jalb qilinadi yoki joriy yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,7 baravarga oshiriladi.
Ushbu davrda mahalliylashtirilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi joriy yildagidan 1,7 baravarga oshirilib 1,55 trln so‘mga yetkaziladi.
Download 337.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling