Shvetsariya ta`lim tizimi


Download 0.9 Mb.
Sana30.01.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1141467
Bog'liq
shVETSARIYA TA`LIM TIZIMI

shVETSARIYA TA`LIM TIZIMI


Bajardi: Rashidova Hayitoy
Tekshirdi:

Shveytsariya — dunyoda sayyohlar eng ko‘p boradigan mamlakatlardan biri sanaladi. Ammo bu o‘lka chet elliklarni nafaqat betakror tabiati-yu purviqor tog‘lari, balki yuqori sifatli ta’lim tizimi bilan o‘ziga jalb qiladi. Hatto mamlakatdagi rivojlangan ta’lim tizimi xorijliklarni o‘ziga chorlovchi asosiy tashrif qog‘ozi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kuzatuvlarga ko‘ra, jahonga mashhur siyosatchilar, davlat arboblari, yirik biznesmenlarning ko‘pchiligi Shveytsariyada ta’lim olgan. Hozir ham boy oilalar farzandlarining Shveytsariya o‘quv yurtlarida tahsil olishi urfda.


Avvalo, Shveytsariya ta’lim tizimi universalligi bilan jahonga mashhur. Ya’ni, u bir vaqtning o‘zida ingliz-amerika, fransuz va nemis maktablariga xos xususiyatlarni birlashtiradi. Bu tizim mamlakatda 4 ta rasmiy til — fransuz, nemis, italyan va retoromat tillarining amal qilishi natijasida shakllangan.

Shveytsariyalik bolalar 4—6 yoshda maktabgacha ta’lim muassasasi, 6—12 yoshda boshlang‘ich ta’lim, 12—16 yoshda o‘rta ta’lim va nihoyat, 18—22 yoshda oliy ta’limda tahsil oladi. Mamlakatda bolalarning maktabgacha ta’lim olishi majburiy. Shu bois, barcha ota-onalar farzandini muddatidan kechiktirmay davlat yoki xususiy bog‘chaga joylashtiradi.

Mamlakatda ta’limning birinchi bosqichi 6 yoshdan boshlansa-da, ayrim maktablarda iqtidorli bolalar 4 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari­ning ta’lim dasturida asosiy e’tibor bolaning bilimini rivojlantirish hamda chet tillarni o‘qitishga qaratiladi.

Shveytsariya maktablari o‘quvchilarga ingliz-amerika, fransuz, nemis, shveytsar, italiyan ta’lim tizimidan istalgan birida o‘qish imkoniyatini taqdim etishi bilan ajralib turadi. Maktablarda darslar oliy o‘quv yurtlarida yuqori baholanadigan International Baccalaureate universal xalqaro dasturi asosida o‘tiladi.

Shveytsariyada 120 ta kollej bor. Ular­ning aksariyati tor mutaxassislikka yo‘naltirilganiga qaramay, yoshlarga professional ta’lim beradi. O‘qish muddati 3-4 yildan iborat bo‘lgan kollejlarda, asosan, ish faoliyatida zarur bo‘ladigan hisobchilik, kotibalik va mehmonxona ishlari o‘qitiladi.

E`tiboringiz uchun Rahmat!


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling