Shvetsiya umumta'lim tizimi o'ziga xos xususiyatlari


Download 23.31 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi23.31 Kb.
#1297825
Bog'liq
13. Shvetsi8ya umumta\'lim tizimi o\'ziga xos xususiyatlari


Shvetsiya umumta'lim tizimi o'ziga xos xususiyatlari
Maktabgacha ta'lim tizimi – bu zamonaviy jamiyatning o’ziga xos o’zagi va uning rivojlanishining eng muhim omillaridan biridir. Aynan shu sababli rivojlangan mamlakatlar maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor beradilar, zero bu aholining ishchi kuchiga barqaror jalb etilishiga, shuningdek bolalarning tegishlicha jismoniy va ruhiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Shvetsiyada bolalar maktabgacha muassasalari 1970-yillarda oila siyosati doirasida ochilgan. Shvetsiyadagi maktabgacha ta'limning asosiy maqsadlari ota-onalar uchun ish, karera va ota-onaliknii uyg‘unlashtirish imkoniyatini ta'minlashdir. Haqiqatan, xalqaro o‘lchamlarga ko‘ra, maktabgacha ta'lim qamrovi anchayin yuqori – 1 yoshdan 5 yoshgacha bolalarning 80 foizi. Bu MT xizmatlari haqini to‘lash siyosatiga ham bog‘liq, chunki Shvetsiyada bolalar bog‘chasi to‘lovining qiymati ota-onalar daromadidan kelib chiqib belgilanadi. Chunonchi, past daromad oladigan oilalar bolalari MT xizmatlari uchun umuman pul to‘lamasliklari mumkin, shu bilan birga, o‘ziga to‘q ota-onalar uchun maktabgacha ta'lim narxi oyiga 135 yevrogacha yetishi mumkin. Shvetsiyada bolalar bog‘chalarini moliyalashtirish davlat mablag‘lari va ota-onalarning daromadlariga qarab ajratgan badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Shvetsiyadagi bolalar bog‘chalari 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilarni qabul qiladi va 6:00 dan 19:00 gacha xizmat ko‘rsatadi. Shvetsiya maktabgacha muassasasida ta'lim bolalarda bilimlar va qadriyatlar hamda butun umrlari davomida o‘qishga istak shakllanishiga qaratilgan. Asosiy e'tibor birgalikdagi o‘yinlar, bag‘ri kenglik va boshqalarga e'tiborlilik kabi qadriyatlarga qaratiladi. Gender pedagogika tobora kuchli dolzarblik kasb etmoqda – bolalarda, jinsiga qaramay, barobar imkoniyatlar bo‘lishi uchun, o‘quv jarayonida gender stereotiplariga qarshi ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, Shvetsiyada bolalar bog‘chalari tarbiyachilarining taxminan 5 foizini erkaklar tashkil qiladi. Bu kam bo‘lsa-da, harqalay, boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha yuqori ko‘rsatkich. MTda pedagog bo‘lish uchun oliy ma'lumot va Ta'lim vazirligidan litsenziya bo‘lishi kerak. Bolalar parvarishi bo‘yicha xodimlar o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘ladilar va kundalik taomillar uchun javobgarlikni zimmalariga oladilar. Bolalar imkoniyat bo‘ldi deguncha, hatto qish chillasida ham tashqarida o‘ynaydilar. Shuningdek, “ochiq osmon ostidagi” maktabgacha muassasalar ham shuhrat qozongan, ularda, ob-havodan qat'iy nazar, bolalar qariyb har doim tashqarida bo‘ladilar.Shvetsiyada taʼlim — 6 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiydir. Shvetsiyada oʻquv yili avgust oyining oʻrtalaridan iyun oyining boshigacha davom etadi. Dekabr oyining oʻrtalaridan yanvar oyining boshigacha boʻlgan Rojdestvo bayrami Shvetsiya oʻquv yilini ikki davrga ajratadi.
Maktabgacha taʼlim muassasasi kam taʼminlangan oilalar uchun bepul va oddiy oilalar uchun chegirma bilan xizmat koʻrsatadi. Olti yoshga toʻlgan bolalar majburiy maktabgacha taʼlim sinfini boshlaydilar (förskoleklass). Ushbu tizim maktabgacha va umumtaʼlim maktablari oʻrtasida oʻtish bosqichi sifatida ishlaydi. 6 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalar keng koʻlamli fanlar oʻrganiladigan umumiy oʻrta maktabga boradilar. Barcha oʻquvchilar bir xil fanlarni oʻrganishadi (tanlovlar bundan mustasno). Maktablarning aksariyati munitsipalitet tomonidan boshqariladi. Bundan tashqari „mustaqil maktablar“ deb nomlanuvchi xususiy maktablar ham mavjud.
Deyarli barcha oʻquvchilar uch yillik umumiy oʻrta maktablarda oʻqishni davom ettiradilar, bu yerda koʻpchilik oʻquvchilar 18 ta milliy dasturdan birini tanlaydilar, ularning baʼzilari kasbiy va baʼzilari „maxsus tayyorgarlik“lardir. Milliy dasturlarga qoʻyiladigan talablarni bajarmagan talabalar uchun kirish dasturlari mavjud boʻlib, unda talabalar milliy dasturlarga qoʻyiladigan talablarni qondirish uchun ishlashadi. 2018-yilda umumtaʼlim maktabining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilarning 16 foizi milliy dasturlarga kirish huquqiga egalik huquqidan mahrum boʻlishgan. Oliy taʼlim tizimi Boloniya jarayoni orqali Yevropaning qolgan qismi bilan mos keladi, bu yerda darajalar uch davrga boʻlinadi: asosiy daraja, yuqori daraja va doktorlik darajasi. Har xil uzunlikdagi har bir tsiklda ikkita daraja mavjud. Universitetlarda Shvetsiya fuqarolari (shuningdek, Yevropa iqtisodiy hududi mamlakatlari fuqarolari uchun) uchun oʻqish toʻlovi yoʻq va talabalarga hukumat tomonidan yordam olish mumkin.
Shveytsariya — dunyoda sayyohlar eng ko‘p boradigan mamlakatlardan biri sanaladi. Ammo bu o‘lka chet elliklarni nafaqat betakror tabiati-yu purviqor tog‘lari, balki yuqori sifatli ta’lim tizimi bilan o‘ziga jalb qiladi. Hatto mamlakatdagi rivojlangan ta’lim tizimi xorijliklarni o‘ziga chorlovchi asosiy tashrif qog‘ozi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Kuzatuvlarga ko‘ra, jahonga mashhur siyosatchilar, davlat arboblari, yirik biznesmenlarning ko‘pchiligi Shveytsariyada ta’lim olgan. Hozir ham boy oilalar farzandlarining Shveytsariya o‘quv yurtlarida tahsil olishi urfda. Xo‘sh, bu mamlakatdagi ta’lim tizimi qanday jihatlari bilan dunyoda yetakchilik qilmoqda? Avvalo, Shveytsariya ta’lim tizimi universalligi bilan jahonga mashhur. Ya’ni, u bir vaqtning o‘zida ingliz-amerika, fransuz va nemis maktablariga xos xususiyatlarni birlashtiradi. Bu tizim mamlakatda 4 ta rasmiy til — fransuz, nemis, italyan va retoromat tillarining amal qilishi natijasida shakllangan. Zamonaviy Shveytsariya 26 ta har biri mustaqil kichik ma’muriy hududiy bo‘linma va viloyatlarga bo‘lingani bois, mamlakatdagi boshlang‘ich va o‘rta maktablar kichik bo‘linmalarga, universitetlar esa federal hukumatga bo‘ysunadi. Shuningdek, Shveytsariya ta’limda mehmondo‘stlik modelini boshlab bergan birinchi davlat bo‘lib, uning maktab va universitetlari sayyohlik biznesining asosi hisoblanadi.
Download 23.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling