Щзбекистон республикаси ыишлоы ва сув хщжалиги вазирлиги


Download 1.06 Mb.
bet4/12
Sana01.03.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1241847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
www

3)qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish yo‘nalishida: milliy valyutada kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi;
xorijiy valyutada kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigachalekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi,
kredit summasining 50 foizigacha miqdorida kafillik taqdim etiladi.
Asosiy qismi

  1. Qishloq xo‘jaligi agregatining asosiy texnik tavsifi.

Topshiriqqa asosan berilgan ishlab chiqarish jarayonining maqsadi, vazifalari, tuproq-iqlim sharoiti, o‘ziga xos texnologik va texnik xususiyatlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar beriladi.


Ushbu ishlab chiqarish jarayoni yani kartoshkani kultivatsiya qilishni amalga oshirish uchun talab etiladigan traktor va qishlq xo‘jaligi mashinasi tanlanadi va ularning asosiy texnologik va texnik ko‘rsatgichlari aniqlanadi, va kerakli ko‘rsatgichlari 1-jadvalga kiritiladi.
1-jadval

Ko‘rsatkichlar nomi

Qiymati

MX­-135

G’ildirakli

MXM-130

G’ildirakli

Qamrov kengligi, m

2,8

Kinematik uzunligi, m

5,6

Massasi, kN

16,0

Konstruktiv kengligi, m

4,4

Nisbiy qarshiligi, kN/m2

3,2-3,3

Kartoshkani ikkinchi non deyishadi. 1991 yilda jami 341.2 ming tonna kartoshka etishtirilgan bo‘lsa, 2017 yili 2793,7 ming tonna kartoshka etishtirilgan. Kartoshka o‘simligining vatani Markaziy va Janubiy Amerika bo‘lib, u hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. Kartoshka O‘zbekistonda XIX asrning o‘rtalarida keltirilgan, XX asrning boshlarida esa keng tarqalgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda aholi jon boshiga 31-32 kg kartoshka etishtirilmoqda.Kartoshka o‘simligining gurkirab rivojlanishi uchun eng muqobil harorat 17-22 0С, tuganak tugishi uchun esa 16–19 0С. U sovuq havoga chidamsiz, ±0,5 gradusda sovuq uradi va o‘ladi.


Uzbekiston Respublikasining qishloq xo‘jalik ekinlarini ro‘yxatga olish davlat reestri tomonidan kartoshkaning 60 dan ortiq navini ekishga tavsiya qilingan. Ulardan 9 tasi mahalliy, 12 tasi Olmoniya, 36 tasi Niderlandiya davlatlaridan keltirilgan navlardir. SHulardan Zarafshon, Sante, Draga, Kondor, Marfona, Romano, Diamant, To‘yimli, Aqrab, Pikasso , kartoshka navlari yetishtirilmoqda.
Rivojlanish davri nihollarining nish urishidan pishib etilishigacha bo‘lgan vaqt 65 kundan 130 kungacha cho‘ziladi. Tuganagining massasi 80 grammdan 150 gramm gacha etadi
.
Bunda haydalgan er qatlamining chuqurligi 30-40 sm, tuproq tarkibidagi gumus 1,5-2% va undan ko‘proq, bo‘lishi kerak
Kartoshka urug‘ini tayinlangan chuqurlikka ekish yuqori hosil olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qumloq tuproqlarda kartoshka urug‘ini 10-12 sm, bo‘z tuproqli erlarda 5-7 sm, qora tuproqli erlarda 10-12 sm chuqurlikka ekilganda eng yaxshi natijalarga erishilgan. Mamlakatimizning shimoliy tumanlarda, ertagi kartoshka urug‘larini sayozroq (5-7 sm) ekilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, quruq va issiq iqlimli cho‘l zonalarda urug‘larni chuqurroq (12-14 sm) ekish ma’qulroq hisoblanadi. Keltirilgan ma’lumotlardan quyidagi xulosani chiqarish mumkin, ya’ni kartoshka urug‘larini 5-12 sm chuqurlikka ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi






Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling