Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги тошкент автомобил-йщллар институти
Download 444 Kb. Pdf ko'rish
|
7-LABORATORIYA MASHGULOTI USLUBIY KORSATMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. ISHI BAJARISH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLAR VA KO’RSATMALAR
1 7- LABORATORIYA MASHG’ULOTI REDUKTORNI YIG’ISH TEXNOLOGIK JARAYONINI O’RGANISH 1.UMUMIY MA’LUMOTLAR 1.1. Ishdan maqsad. Reduktorni yig’ish jarayoni bilan tanishish. 1.2. Kerakli jihozlar va asboblar. 1. Bir pog’onali reduktor. 2. Shtangensirkul (bo’linish qiymati 0,1 mm). 3. Yig’ish jarayonini bajarish uchun asboblar to’plami. 4. Reduktorning yig’ma chizmasi. 2. ISHI BAJARISH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLAR VA KO’RSATMALAR Mashina va mexanizmlarni yig’ish texnologik jarayoni, texnik talablarga to’laligicha javob beruvchi tayyor buyumlarni olish maqsadida, muayyan bir ketma-ketlikda detallarni biriktirish bo’yicha operatsiyalarning yig’indisini namoyon etadi. Har qanday yig’ilayotgan mashinaning birlamchi elementi bo’lib detal hisoblanadi. Hech qanday birikmasi bo’lmagan mashinaning qismi detal deb yuritiladi. Mashinaning boshqa elementlaridan alohida mustaqil ravishda yig’ilgan mashinaning tashkil etuvchi qismiga uzel deyiladi. Ular bir-birlari bilan birikuvchi detallar, payvandlash yoki boshqa biriktirish turlari orqali bog’langan bir qancha detallar yoki bir qancha oddiy poduzellardan tuzilgan bo’lishi mumkin. Yig’ish jarayoni boshlanishining asosiy elementi baza uzeli yoki baza detali deyiladi. Baza detali unga boshqa birikadigan detallar yoki uzellar xolatini aniqlaydi. Zamonaviy mashinasozlikda yig’ish uzelli va umumiy yig’ishga bo’linadi. Uzelli yig’ish deyilganda gruppali va gruppacha yig’ish ketma-ketligi, umumiy yig’ishda esa mahsulotni tayyor kurinishga yig’ib keltirishga tushuniladi. Uzelli va umumiy yig’ish texnologik sxemalar odatda aloxida tuziladi. Ularda uzel va buyumlarni butunicha komplektlash ketma-ketligi keltiriladi. Bunday yig’ishlar yig’ish chizmalari asosida o’tkaziladi. Har bir uzel uchun yig’ish texnologik jarayonining operatsion kartalarini to’ldirishdan tashqari, shuningdek yig’ish sxemasi xam tuziladi. Detal belgilari yig’ish sxemasida to’g’ri to’rt burchaklar bilan belgilanadi. Ularning yuqori qismida detalь yoki uzelning nomi, pastki qismida esa ularning miqdori yoki holat raqami ko’rsatiladi. Yig’ish sxemasida baza detali to’g’ri to’rt burchakdan 2 boshlanib, to’g’ri chiziq bilan davom etadi. Bu chiziqqa yig’ish ketma-ketligi mos ravishda yig’ilayotgan detallarning to’rt burchaklari qo’shiladi. Yig’ish sxemasi yig’ilgan uzelni (yoki yig’ilgan buyum) ifodalovchi to’g’ri to’rt burchak bilan tugallanadi. Kerakli paytlarda detal to’g’ri to’rt burchaklarini yig’ish chizig’i bilan biriktiruvchi chiziqlarda qo’shimcha texnik ko’rsatmalar tushiriladi. Misol o’ralsin, presslansin, muvozanatlansin, parmalansin, razverkalansin, birgalikda shiftlansin, kompensator moslansin va boshqalar (9.1-rasm). Mashina detallari uzellarining va mexanizmlarining o’zaro joylashishi va aniqligi saqlanishi kerak. Yig’ish aniqligi kompensatorsiz va turli xil turdagi kompensatorlar yordamida bajarilishi mumkin. Kompensatorsiz detalni yig’ishda asosiy yuzalar qo’shimcha moslashlar va zo’rlashlarsiz o’sha xolatiga joylashtiriladi. Bunga detal o’lchamlari dopusklariga yuqori talalablar qo’yilganligi tufayli erishiladi. Kompensatorlarni qo’llash bilan ishlov berilgan detalning mexanik ishlov berishga dopusklar keng chegarada bo’lishi mumkin. Bu esa detallarni tayyorlash tannarxini pasaytiradi. Download 444 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling