Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 440 Kb.
bet72/75
Sana21.04.2023
Hajmi440 Kb.
#1372281
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
Iogann Cebastyan Bax ijodi.

Prelyudiyalar


Fortepiano uchun yozilgan 24 prelyudiyadan iborat turkum Debyussining eng mashhur asarlari qatoriga kiradi. Debyussi prelyudiyalari G’arbiy Yevropa musiqasida bu janrning rivojlanishini nihoyasiga etkazdi. Ma’lumki bu borada eng yetuk prelyudiyalarni I. S. Bax va F. Shopen yaratgan edi.


Prelyudiya asarida o’zgarib turuvchi taassurotlarni ifodalash qulayligi, prelyudiya yozishda majburiy shakl va sxemalarning yo’qligi va badiha (improvizacion) uslubda ifodalash - bularning hammasi Debyussining esteteik qarashlariga yaqin edi. Debyussining 24 prelyudiyasi - har birida alohida mustaqil obraz ifodalangan musiqiy manzaralar turkumidir. Har bir prelyudiya o’zining nomiga ega va bu nomlar deyarli adabiy manbalar bilan bog’lik emas. Agar bog’liqlik bo’lsa ham bu bog’liqlik she’riy obrazlarda o’z aksini topgan. Masalan: «tovushlar va gullar xidi kechki havoda suzib yuribdi» (Sharl Bodler she’ri asosida) yoki "Oy yog’dusi tushib o’tadigan ayvon" (Per Loti she’ri asosida). Ko’pchilik prelyudiyalarning nomi tabiat manzaralaridan olingan taassurotlar bilan bog’liq: "Tuman", "Elkanlar", "Anakapri qirlari", "Tekislikdagi shamol", "Qordagi izlar", "O’lik barglar" va xokazo.
Prelyudiyalar orasida hayotiy manzaralar aks ettirilgan musiqiy tasvirlar ("Uzilgan serenada", "Algambra darvozasi") va musiqiy portretlar ("Sochlari zig’ir rangli qiz", "General Lyavin -ekscentrik", "Mister S. Pikvikka hurmat bilan") alohida o’rin tutadi. Bu prelyudiyalarda Debyussi xalq raqslariga va boshqa raqslarga xos xususiyatlarni qo’llagan. "Uzilgan serenada" va "Algambra darvozasi" prelyudiyalarida ispan xalq raqslarini, "General Lyavin - ekscentrik" va "Minestreli" prelyudiyalarida estrada raqsi kek-uokni ko’rish mumkin. Prelyudiyalar orasida ertak va afsonaviy obrazlar ifodalangan prelyudiyalar bor. "Pek raqsi", "Farishtalar - ajoyib raqqosalar", "Suv ostida qolgan ibodatxona" nomli prelyudiyalar bunga misoldir.
Har bir prelyudiya tugallangan mukammal shaklga ega. Eskiz yoki badiha uslubida yozilgan prelyudiyalar yo’q. Ko’p prelyudiyalar uch qismli yoki reprizali ikki qismli shaklda yozilgan. Debyussi prelyudiyalariga xos bo’lgan, yorqinlik, rangdorlik, ifodalilik va boshqa sifatlar bu asarlarning katta shuhratini ta’minladi.

Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling