Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
Mavzu: Volfgang Amadey Motsart ijodi
Download 440 Kb.
|
Iogann Cebastyan Bax ijodi.
Mavzu: Volfgang Amadey Motsart ijodi
(1756 -1791). Rejasi: V.A.Motsart –buyuk kompozitor. V.A.Motsartning hayoti va ijodiy yo’li. Bayoni: Buyuk avstriyalik kompozitor Motsartning hayot va ijodiy yo’li o’ziga xos. Uning yorqin iste’dodi, g’ayritabiiy musiqiy qobiliyati va ijodga intilishi nihoyatda ajoyib va hozirgi kungacha yagona natijalarni berdi. Motsart bor yo’g’i 36 yil umr ko’rdi. Olti yoshida boshlangan tinimsiz kontsert faoliyatiga qaramay doim ijod bilan shug’ullandi. Motsart 41 ta simfoniya, 15 ta opera, sonatalar, kvartetlar, kvintetlar, «Rekviem» va boshqa ko’plab turli janrlardagi asarlarni yaratdi. Sonata-simfonik musiqa borasida Gaydn erishgan natijalarga tayangan holda, Motsart juda ko’p yangi va orginal asarlar yozdi. Uning «Figaroning to’yi», «Don Juan», «Sehrli nay» kabi operalari katta badiiy ahamiyatga ega bo’lib, mana ikki asrdan ortiq davr mobaynida muvoffaqiyat qozonib kelmoqda. Bizning davrimizda Motsart yaratgan musiqa kontsertlarda, opera teatrlarida, radio va televidenieda doim yangramoqda. Motsart asarlari musiqa o’quv yurtlari va xalqaro konkurslar daturlaridan o’rin olgan. Motsart musiqasiga xos bo’lgan chuqur mazmun, go’zallik va jozibani ochib berish uchun kitoblar, maqolalar yozilgan va yozilmoqda. V.A.Motsart 1756 yilda avstriyaning Zalcburg shahrida tug’idi. Bolaligidanoq o’zining g’ayritabiiy iste’dodi bilan hammani qoyil qoldirdi. Uch yoshida klavesin chaldi. To’rt yoshida birinchi asarini yozdi. Olti yoshga kirganda skripka va organ chalishni puxta egalladi. Shu davrda otasi va opasi bilan Yevropa mamlakatlari bo’ylab kontsert sayohatiga ketdi. Hamma erda ularning kontsertlari kattta muvaffaqiyatlar bilan o’tdi va Motsartni «XVIII asr mo’jizasi», «g’aroyib bola» deb atay boshladilar. Sayohat davomida u tinimsiz ijod bilan shug’ullandi. Parijda skripka va fortepiano uchun sonatalar, Londonda simfoniyalar yozib ijro etdi. To’rt yildan so’ng 1766 yilda oila Zalcburgga qaytib keldi va Motsart kompoziciya borsidagi bilimlarini mustahkamlash uchun o’qishga berilib ketdi. Shu davrda u o’zining birinchi operasini («Mnimaya prostushka») yozdi. O’g’lining bilimlarini yanada oshirish uchun otasi uni Italiyaga olib bordi. Uch yil (1770-1773) davomida kompozitor Italiyada o’qidi, koncerlar berdi, yangi operalar yaratdi va Bolonya shahridagi musiqa akademiyasiga a’zo qilib saylandi. Zalcburgga qaytgandan so’ng kompozitor hayotida qiyinchiliklar boshlandi. Motsartlar hizmat qilgan keksa xo’jayin vafot etdi va uning o’rniga juda qo’pol, badjahl odam hokim bo’ldi. U kompozitorning qobiliyati va muvaffaqiyatlariga hasad qilar, doim uni kamsitar edi. Mag’rur Motsart chiday olmadi va onasi bilan Parijga ketdi, ammo u erda o’ziga loyiq ish topaolmadi. Parijda u butun qobiliyati va yetukligini namoyon qilgan beshta klavesin sonatalarini yozdi. Parijda Motsartning onasi kasal bo’lib qoldi va vafot etdi. Shundan keyin u Zalcburgga qaytishga majbur bo’ldi. Yana xo’jayin bilan kelishmovchiliklar boshlandi. Kompozitor butunlay Vena shahriga ko’chib ketdi. Umrining oxirgi o’n yili davomida shu erda yashadi. Venada o’tkazgan yillari kompozitorning samarali ijod davri bo’ldi. Birin ketin u eng yetuk operalarini yozdi. «Seraldan o’g’irlash», «Figaroning to’yi», «Don Juan», «Sehrli nay» operalari bunga misoldir. Shu davrda Motsart cholg’u musiqasi borasida ham yuksak natijalarga erishdi. 1788 yil yozida u oxirgi uch simfoniyasini yozib tugatdi. Musiqasi turli xarakterdagi bu asarlar har tomonlama yetuk va umriboqiydir. Kamer cholg’u musiqasi soxasida ham kompozitor ajoyib asarlar yozdi. Uning trio va kvartetlarda Gaydnning kuchli ta’siri sezilib turadi. Motsart bu buyuk kompozitorni juda hurmat qilar, uni ustoz hisoblar edi. Shuning uchun oltita kvartetni Gaydnga bag’ishladi. Venada Motsart klavesin uchun sonatalar va kontsertlar yaratishga ham katta e’tibor berdi va bu asarlarni doim o’zi kontsertlarda ijro etdi. Motsartning shaxsiy hayoti ham shu davrda iziga tushdi. U musiqadan boxabar Konstanca Veber ismli qizga uylandi, to’rt farzand ko’rdi va baxtli oilaviy hayot kechirdi. Ammo bechorahol turmush kechirish, muhtojlik, etishmovchilik doimiy hamroh edi. Bu narsa kompozitorning sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatdi, u kasal bo’lib qoldi. Shunga qaramay o’zining so’nggi asari – «Rekviem» ni yozishga kirishdi. Rekviem inson vafot etganda ijro etiladigan fojiali asardir. Qattiq betob Motsart bu asarni o’zining dafn marosimi uchun yozilayotganligini sezdi. U Rekviemni tugata olmadi, 1791 yilda Venada vafot etdi. Motsartning kambag’al bo’lgani uchun umumiy qabrga dafn etdilar. Hozirgi kunda uning xoki qayerda ekanligi ma’lum emas. Ulug’ kompozitor Motsart ijodining ahamiyati g’oyat katta. Asarlarining ko’pchiligi lirik xarakterda bo’lib insonning his-tuyg’ulari va ichki kechinmalarini ochishga qaratilgan. Motsart asarlaridagi kuylarga mayinlik, ohangdorlik va joziba xos. Motsart asarlari abadiy barhayotdir. Repertuarida uning asarlari bo’lmagan biron bir fortepiano ijrochisi, skripkachi, dirijyor yoki xonanda yo’q. Download 440 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling