Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 440 Kb.
bet57/75
Sana21.04.2023
Hajmi440 Kb.
#1372281
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Bog'liq
Iogann Cebastyan Bax ijodi.

Tayanch iboralar:



  1. Simfonik poema – bir qismli aniq dasturga ega bo’lgan simfonik asar.

  2. Transkripciya – (lotincha ko’chirib yozish) biron asarni boshqa cholg’u sozi ijrosi uchun qayta ishlash natijasida hosil bo’ladigan yangi asar. Yoki shu cholg’uning o’zida yanada mahoratli ijro etish uchun o’zgartirib yoziladigan asar.

  3. Parafraza – (grekcha so’zlab berish, hikoya qilish) fortepiano uchun yoziladigan kontsert asari, biror mashhur qo’shiq, kuy, yoki opera ariyasini qayta ishlash natijasida yaratiladi.

Nazorat savollari:

  1. List ijodida birinchi marta paydo bo’lgan yangi janrlardagi asarlarni sanab bering.

  2. List va Berliozning simfonik ijodida qanday umumiylik bor?

  3. Nima uchun Listni «Milliy kompozitor» deb ataydilar?



Topshiriqlar:



  1. Darslikdan F. List hayoti va ijodiga bag’ishlangan mavzuni o’qib chiqing.

  2. Listning asosiy asarlari ro’yxatini yodga oling.

Adabiyotlar:



  1. B. Levik. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran.

M 1975 g.
M. Druskin. Istoriya zarubejnoy muziki. M 1968 g.

Mavzu: Ferents Listning fortepiano ijodi.


Reja:



  1. F. Listning fortepiano ijodiga xarakteristika.

  2. «Venger rapsodiyalari».



Bayoni:
List butun ijodiy yo’li davomida yaratgan fortepiano asarlari kompozitor ijodining muhim va salmoqli qatlamini tashkil qiladi. Bu asarlarda List o’zini ham buyuk fortepiano ijrochisi, ham iste’dodli kompozitor ekanligini namoyish qildi. Aynan fortepiano ijrochisi uchun asarlar yozishda List yangi ifoda vositalari va yangi kompoziciya uslublarini topdi. Barcha musiqiy fikrlarini tushunarli tarzda ifodalab berdi. Shuningdek, doimiy izlanishda bo’lgan ijodkor sifatida List fortepiano ijrochiligi san’atiga juda katta o’zgarishlar kiritdi. «XIX–asrning eng mohir ijrochilaridan bo’lgan Listning barmoqlarida butun boshli simfonik orkestr yashiringan», - degan edi kompozitorning zamondoshlari. Darhaqiqat Listning fortepiano asarlari ijro etilganda xuddi orkestr yangrayotgandek bo’ladi. Goh violonchelning juda nozik, lirik ijrosini, goh truba va trombonlarning chaqiriq ohanglarini, arfaning chiroyli passajlarini sezish mumkin. Shuningdek kompozitor torli-kamonli sozlarga xos ijro uslublarini ham fortepiano ijrochiligida qo’lladi va fortepiano tovush xususiyatlarini yanada boyitdi. Shunday qilib List fortepiano sozini imkoniyatlarini kengaytirdi va uni simfonik orkestrga yaqinlashtirdi.
Listning fortepiano ijodi quydagi janrlardagi asarlardan iborat:

  1. Parafrazalar (boshqa mualliflar asarlari mavzulariga yozilgan erkin fantaziyalar).

  2. Transkripciyalar (simfonik orkestr, organ va vokal asarlarini fortepiano ijrosi uchun qayta ishlab yozilgan asarlar).

  3. Etyudlar.

  4. Musiqiy manzaralar - turkumlarga birlashtirilgan programmali (dasturli) pesalar.

  5. Sonatalar, balladalar, polonezlar.

  6. Rapsodiyalar va boshqa ko’plab asarlar.


Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling