Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 0.56 Mb.
bet44/75
Sana31.01.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1830518
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Tayanch iboralar

1.«Strasti po Matfeyu» - Isoning so’ngi kunlari va chekkan azoblari haqida hikoya qiluvchi I.S.Baxning yirik vokal-simfonik asari. Xor, orkestr, organ va yakkaxon qo’shiqchilar ijrosi uchun yozilgan.


2.Gyote - Iogann Volfgang fon Gyote (1749-1832). Buyuk nemis mutafakkir shoiri.
3.Gegel - Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831). Yirik nemis faylasufi.
4.Geyne - Genrix Geyne (1797-1856). Buyuk nemis romantik shoiri.
5.Veber - Karl Mariya Veber (1786-1826). Nemis romantik kompozitori, dirijyori, fortepiano ijrochisi, musiqiy tanqidchi.
Nazorat savollari



      1. Mendelson musiqa sanati targ’ibotchisi sifatida qanaqa ishlar qilgan?

      2. Mendelson musiqasiga xos bo’lgan xususiyatlarni aytib bering.

      3. Mendelsonning asosiy asarlarini sanab bering.

Topshiriqlar.

1. Maruza matni asosida konspekt yozing.




Adabiyotlar.



    1. Konen.V. Istoriya zarubejnoy muziki. Vip.3. M.1984.

    2. Galackaya.V. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. Vip.3. M. 1983.



Mavzu: F.Mendelsonning fortepiano ijodi.

Rejasi:

1.Mendelson fortepiano ijodiga xarakteristika.
2. «So’zsiz qo’shiqlar»

Bayoni:

Mendelson fortepiano ijrosi uchun yaratgan asarlari kompozitor ijodining muhim qismini tashkil qiladi. O’zi mahoratli sozanda bo’lgan Mendelson bu asarlarida o’zining yorqin istedodini namoyish qildi. Hayotlik davridayoq uning fortepiano pesalari katta shuhrat qozondi. Bu asarlar hozirgi kunda ham o’zining estetik tarbiyaviy ahamiyatmni yo’qotgan emas.
Mendelsonning «So’zsiz qo’shiqlar», «Jiddiy variaciyalar», «Rondo kaprichiozo», «Oltita prelyudiya va fuga» kabi asarlari fortepiano ijodining asosini tashkil qiladi. Bulardan tashqari u fortepiano va orkestr ijrosi uchun ikkita kontsert, «Kaprichchio briliant», «Rondo briliant», va «Serenada» asarlarini yozgan.
X!X asrning birinchi yarmida fortepiano ijrochiligi keng rivojlandi. Ko’plab mohir sozandalar etishib chiqdi. Lekin shuni aytish kerakki bu sohada ham salbiy hususiyatlar bor edi. Yuzaki mahoratli ijro katta o’rin egalladi. Yirik, jiddiy asarlar o’rniga sayoz, bemano, ammo mahoratli texnikani namoyish qiluvchi asarlar kontsertlar dasturidan joy oldi. Mendelson ana shu salbiy holatlarni qattiq tanqid qildi. U ongli ravishda bunday yuzaki mahoratli asarlarga o’zining chuqur manoli, jiddiy asarlari bilan javob berdi. Birgina «Yaltiroq» mahoratli variaciyalar o’rniga «Jiddiy variaciyalar» yozganining o’zi buni isbotlaydi.
Mendelsonning jozibali, dilrabo, yoqimli fortepiano asarlari X!X asar kompozitorlari ijodiga sezilarli tasir ko’rsatdi. Buni R.Shuman, E.Grig va ayniqsa P.I.Chaykovskiylarning fortepiano ijrosi uchun yozgan asarlarida ko’rish mumkin.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling