Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги


Download 490.54 Kb.
bet6/25
Sana03.06.2024
Hajmi490.54 Kb.
#1842051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
IT va IYoD lab. Servis

5. TAJRIBA NATIJALARINI HISOBLASH
1. Quvurning yuzasi orqali berilayotgan issiqlik oqimini quyidagi formuladan topamiz:
Q=IU, (7)
2. Radiatsion-konvektiv issiqlik beruvchanlik koeffitsientini hisoblaymiz:
= , (8)
bunda F = dl – quvurning yuzasi, m2;
tq – quvur yuzasining o‘rtacha TEYUKga to‘g‘ri keluvchi harorati (jadvaldan yoki grafikdan olinadi);
tat – xona harorati.
3. Radiatsiya yo‘li bilan berilgan issiqlik oqimi Stefan-Bolsman formulasidan topiladi:
Qr = qC0F (9)
bunda q =0,8 quvurning keltirilgan qoralik darajasi;
S0=5,77 – absolyut qora jismning nurlanish koeffitsienti;
Tq, Tat – quvur yuzasi va atrof muhitning (xonaning) absolyut harorati;
Tq =tq+273,15
Tat = tat +273,15
4. Radiatsion issiqlik beruvchanlik koeffitsienti
r = (10)
5. Konveksiya yo‘li bilan berilayotgan issiqlik oqimi:
Qk = Q – Qr (11)
6. Konvektiv issiqlik beruvchanlik koeffitsienti
k = (12)
Olingan natijalarni 5.2-jadvalga kiritish kerak.


6. ISH BO‘YICHA HISOBOT
Hisobotda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

  1. Laboratoriya ishining qisqacha ta’rifi.

  2. Qurilmaning chizmasi.

  3. 5.1 va 5.2 sinov jadvallari.

  4. Tajriba natijalarini hisoblash (batafsil keltiriladi).

Jadval 5.1.



I, A

U, V

Termojuftlar TEYUKi, mV

TEYUK o‘rtacha qiymati, mV

tat
0C

tq
0C

1

2

3

4

5

6

1.


































2.


































3.


































Jadval 5.2.



t, 0S

Q, Vt

Qr, Vt

Qk, Vt


(Vt/m2K)

r (Vt/m2K)

k
(Vt/m2K)

1.






















2.






















3.






















7. NAZORAT SAVOLLARI

  1. Issiqlik uzatish usullari.

  2. Nqyuton-Rixman qonuni.

  3. Issiqlik beruvchanlik koeffitsientining fizik ma’nosi.

  4. Issiqlik beruvchanlik koeffitsientiga ta’sir qiluvchi omillar.

6 -laboratoriya ishi
«ICHKI YONUV DVIGATELLARINI SINASHDA FOYDALANILADIGAN JIHOZLAR VA APPARATLAR»


1. ISHNING MAQSADI
Ichki yonuv dvigatellarini sinash turlari, sinashda ishlatiladigan jihozlar va asboblar tuzilishi va ishlash prinsiplari hamda talabalarni sinash texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishishdan iborat.


2. NAZARIY QISM


Sinash turlari:
Qo‘yilgan talablarga mos ravishda sinash quyidagi turlarga bo‘linadi:
Tekshirish uchun sinash – loyiha topshirig‘i yoki texnik shartga ko‘ra, dvigatelning asosiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Qabul qilish yoki topshirish uchun sinash – dvigatelni rostlash va yig‘ish, tayyorlash sifati aniqlanadi.
Uzoq vaqtga davomiy yoki buzilmasdan ishlashga sinash - ishlab chiqarishda bo‘lgan dvigatel detallarini ko‘rsatkichlarini mutanosibligi, buzilmasdan ishlashi, emirilishga mustahkamligi tekshiriladi.
Namunaviy, ilmiy-tadqiqot uchun sinash – dvigatel konstruksiyasiga yoki tayyorlash texnologiyasiga olib kelingan o‘zgartirishlarning samaradorligi tekshiriladi.
Sinash jarayoni davomida quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar tekshiriladi, o‘lchanadi va hisoblanib topiladi:





Ko‘rsatkichlarni nomlanishi



SHartli belgilanishi eskicha (yangicha)

SI o‘lchov birligida

1

2

3

4

1.

Burovi moment

Mk (Ti q)

Nm

2.

Effektiv quvvat

Ne (Re)

kVt

3.

Tirsakli valning aylanishlar soni

n (n)

min-1

4.

YOnilg‘i sarfi (suyuq)

Gyo (V)

kg/soat

5.

YOnilg‘i sarfi (gaz)

G g (Vg)

m3/soat

6.

Havo sarfi

G x (Vair)

m3/soat

7.

Atrof muhit bosimi

R (R)

kPa

8.

Atrof muhit harorati

To (To)

K

9.

Dvigatelga kirayotgan havoning harorati

Td (Td)

K


10.

Quruq termometrning harorati

Tq (Tq)

K


11.

Ho‘l termometrning harorati

Tho‘l (Tho‘l)

K


12.

Ishlatilgan gazlarning harorati

Tig (Tig)

K


13.

Sovitish suyuqligining harorati

Tsov (Tsov)

K


14.

Dvigateldagi moyning harorati

Tm (Tm)

K


15.

Chiqarish kollektoridagi bosim

Rchiq (Rchiq)

kPa


16.

Dvigatel moyining bosimi

Rm (Rm)

MPa


17.

YOnilg‘ining solishtirma sarfi (suyuq)

gyo (v)

kg/kVt×s


18.

YOnilg‘ining solishtirma sarfi (gaz)

gg (vg)

m3/kVt×s


19.

Kiritish kanalidagi siyraklanish

DRk (Drk)

kPa


20.

O‘t oldirishni ilgarilatish burchagi (yonilg‘ini purkash)

qpur (q)

grad.TVB


21.

Havoning ortiqlik koeffitsienti

a (a)

-


22.

O‘rtacha effektiv bosim

Re (re)

MPa


23.

To‘ldirish koeffitsienti

hv (Fs)

-


24.

Ishlatilgan gazlarda uglerod oksidining mikdori

SO (SO)

mg/m3



2. SINASHDA ISHLATILADIGAN JIHOZLAR, TEKSHIRISH - O‘LCHASH ASBOBLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Dvigatelni sinash uchun jihoz quyma asosga qotiriladi va dvigatelni o‘rnatish va qotirish qurilmasidan; tormozlash qurilmasidan; ulash elementlaridan; havoni, yonilg‘ini uzatish va o‘lchash tizimlaridan; sovitish suyuqligini berish va chiqarish tizimlaridan; ishlatilgan gazlarni chiqarish qurilmasidan; boshqarish tizimidan; o‘lchash tizimlari va boshqalardan tuzilgan bo‘ladi.
2.1. Dvigatelni o‘rnatish qurilmasi - plitalar va unga o‘rnatilgan dvigatelni qotirish uchun xarakatlanuvchi kronshteynli ustunlardan tuzilgan. harakatlanuvchi kronshteynlar plitalar tekisligidan tirsakli val o‘qigacha bo‘lgan kerakli o‘lchamlarni saqlash uchun dvigatelni pastga va yuqoriga siljitib o‘rnatish imkoniyatini beradi.
2.2. Tormozlash qurilmalari - avtomobilni ekspluatatsiya qilishda dvigatelga tushadigan yuklanishlar tranmissiya orqali uzatiladi va yukni og‘irligiga, yo‘lni profiliga, harakatlanish tezligiga hamda bir qator boshqa faktorlarga bog‘liq bo‘ladi.
IYODni sinashda yuklanish tormoz deb ataladigan qurilma yordamida sun’iy ravishda hosil qilinadi va dvigatel tirsakli valining berilgan aylanishlar chastotasida erishgan burovchi momentini (Mk) o‘lchash imkoniyatini beradi. Dvigatel validan olingan va tashqi qarshilikdan (tormozlashdan) so‘ndiriladigan effektiv quvvat (Ne), dvigatel tirsakli valini berilgan aylanishlar chastotasida erishgan burovchi momentini (Mk) o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
(kVt) (1)
(kVt) (2)
(kVt) (3)


(kVt) (4)

Tormozlash qurilmalari quyidagi turlarga bo‘linadi:


a
) Mexanik tormozlar
- dvigatel erishgan mexanik energiyani ishqalanish kuchlarining ishi hisobiga so‘ndiradi. 6.1-rasm

6.1-Rasm. Oddiy tormozning prinsipial sxemasi


b) Gidravlik tormozlar - IYOD tirsakli vali bilan o‘zaro bog‘langan rotorni aylanishiga suyuqlikni qarshilik ko‘rsatish prinsipiga asoslangan. qarshilik rotor 2, suyuqlik qatlami va korpus devori 3 ni o‘zaro ishqalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Suyuqlik sathi 1 va 4 jo‘mraklari orqali rostlanadi. 6.2-rasm.

6.2-Rasm. Gidravlik tormozni prinsipial ish sxemasi


Bunda tormoz orqali so‘ndirilgan quvvat issiqlikga aylanadi va suv orqali chiqib ketadi.
Gidravlik tormozni energiyasi etarlicha bo‘lib, konstruksiyasi sodda va IYOD sinash tajribalarida keng qo‘llaniladi. Gidravlik tormoz shtiftli, diskli va parrakli turlariga bo‘linadi.
v) Havo tormozlari- dvigatel erishgan quvvat havoni siljishi va oraliq qizishi hisobiga so‘ndirishga asoslangan.
g) elektr tormozlari- o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok tormozlariga bo‘linadi.
O‘zgaruvchan tokli elektr tormozlari - fazali rotor bilan asinxronli dvigatel bazasida sodda tuzilgan, eng katta gabarit o‘lchamlarga ega bo‘lib, tirsakli valning aylanishlar sonini keng diapazonda rostlash imkoniyatini bermaydi.
Bu tormoz dvigatel rejimida (sovuq holda chiniqtirish) va dvigatelni generator rejimida (qizdirib chiniqtirish va dvigatelni sinash) rotor chulg‘amlaridagi tokni va asinxron mashinaning aylanishlar chastotasini o‘lchash uchun suyuqlik bilan rostlash reostatlaridan foydalaniladi. Bu tormozlar asosan dvigatelni ta’mirlashdan keyingi chiniqtirishda keng qo‘llaniladi.

Download 490.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling