Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 443 Kb.
bet14/111
Sana05.01.2022
Hajmi443 Kb.
#219150
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111
Bog'liq
Якубов Б Ҳорижий мамлакатлар мусиқа

Tokkata va fuga.
Re minor tonalligida yozilgan tokkata va fuga asari Bax organ musiqasining eng taniqli namunasidir. Organ uchun yozilgan asarlar orasida tokkata va fuga chuqur dramatizmi, obrazlarning boy va xilma-xilligi hamda tovush kuchi bilan ajralib turadi.

Tokkata improvizacion (badiha) janridagi asar bo’lib, bunday asarlar yozgan kompozitorlar ijrochilik texnikasiga katta e’tibor berar edilar. Bax tokkata janrini chuqur mazmun bilan boyitdi va shakliga ham o’zgartirishlar kiritib klassik janr darajasiga etkazdi. Boshqa asarlardagi kabi bu ikki qismdan iborat bo’lgan turkum asarda ham tokkata fugadan oldin kelib, fugaga kirish vazifasini bajaradi. Ya’ni murakkab asar bo’lgan fugani tushunishga zarur bo’lgan muhitni yaratadi. Tokkataning musiqiy materiali dramatik elementlarga boy. Kuyning boshidayoq dahshatli chaqiriq ohanglarini eshitish mumkin.

Tokkataning mazmuni va janrning o’ziga xos xususiyatlari fugaga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Fuganing musiqiy mavzusi ham tokkatadan kelib chiqqan va uning davomiday ko’rinadi. Tokkata xarakteri fuganing o’ziga xos xususiyatlarini belgiladi. Shuning uchun bu ikki asarni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Bu ikki qismdan iborat bo’lgan turkum asarni yaratishda Bax kompoziciyaning yaxlitligiga erishgan.


Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling