Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Mavzu: Iosif Gaydnning fortepiano ijodi


Download 443 Kb.
bet34/111
Sana05.01.2022
Hajmi443 Kb.
#219150
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111
Bog'liq
Якубов Б Ҳорижий мамлакатлар мусиқа

Mavzu: Iosif Gaydnning fortepiano ijodi.
Rejasi:
1. Gaydnning fortepiano asarlari.

2. Re major sonatasi.


Bayoni.
I.Gaydnning klavesin uchun yozgan asarlari uning ulkan ijodiy merosining muhim tarkibiy qismidir. Hozirgi kunda bu asarlar fortepiano sozida ijro etiladi. Shuning uchun "fortepiano ijodi" degan ibora o’rinlidir. Klavesin uchun kompozitor sonatalar, rondolar, variaciyalar va boshqa turli p’esalar yaratgan. Ular orasida yuksak darajadagi badiiy asarlar borki, hozirgi kunda ham ularni o’rganish va tinglashga qiziqish katta. Bu asarlar kontsert repertuarlaridan va pedagogik o’quv dasturlaridan mustahkam o’rin egallagan.

Sonatalar Gaydn fortepiano ijodining asosiy qismini tashkil qiladi. Ularning soni 52 ta. Sonata deb bir yoki ikki cholg’u sozi uchun yoziladigan turkum asarga aytiladi. Gaydn ijodida klassik sonata janri shakllandi. Sonataning birinchi qismini kompozitor sonata allegrosi shaklida, ikkinchi qismini sekin sur’atda, uchinchi qismi - finalni yana tez sur’atda yozgan. Bu qismlar musiqasi xarakteri jihatidan bir-biridan farq qiladi, ammo bitta umumiy badiiy mazmunni ifodalaydi.

Gaydnning dastlabki sonatalarida kompozitor Filipp Emmanuil Bax sonatalarining ta’siri sezilib turadi. Bu sonatalarni Gaydn yoshligida qiziqib ko’p chalgan va o’rgangan. Bu o’xshashlik kuylarning tuzilishida va musiqiy bezaklarning (melizmlar) ko’p ishlatilganligida ko’rinadi. Boshqa janrlardagi kabi kompozitorning o’z uslubi 1780-1790 yillarda yaratilgan klavesin sonatalarida namoyon bo’ldi.

Gaydn sonatalari aytib o’tilganidek uch qismdan iborat. Har xil xarakterdagi sonatalar orasida mi bemol major tonalligida yozilgan katta sonata, bolalarga xos quvnoqlik aks ettirilgan re major tonalligidagi sonata va lirik kayfiyatdagi mi minor sonatasi ajralib turadi.




Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling