Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 443 Kb.
bet68/111
Sana05.01.2022
Hajmi443 Kb.
#219150
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111
Bog'liq
Якубов Б Ҳорижий мамлакатлар мусиқа

«So’zsiz qo’shiqlar»
Mendelsonning boy va xilma-xil merosi orasida «So’zsiz qo’shiqlar» markaziy o’rinni egallaydi. Ular musiqiy lahza va ekspromt kabi cholg’u miniatyuralarining bir turidir. Bu fortepiano pesalarida romantik kompozitorlarga hos bo’lgan intilish—yani cholg’u musiqasiga qo’shiq ruhini singdirish g’oyasi aniq seziladi. Ifodaning aniq va lo’ndaligi, lirik kayfiyatlarning xilma-xilligi bu asarlarga ajoyib, o’ziga hos xususiyatlarni beradi. Ularda qo’shiqqa xos bo’lgan barcha xususiyatlar mujassamlashgan. Chunki Mendelson bu janrdagi kuychanlik, tasirchanlik, tushunarlilik va ommaboplik hislatlarini fortepiano musiqasiga olib o’tdi.

«So’zsiz qo’shiqlar» soni 48 ta. Ularni kompozitor butun ijodiy yo’li davomida yaratgan. Qo’shiqlarning har birida bir musiqiy obraz ifodalangan. Qolgan jo’rnavoz ovozlar kuydagi manoni boyituvchi fonni hosil qiladi.

Bazi pesalarga programmalilik (dasturlilik) hususiyatlari hos. Buni kompozitor qo’ygan «Ovchilar qo’shig’i», «Bahor qo’shig’i», «Xalq qo’shig’i», «Veneciyalik qayiqchi qo’shig’i», «Motam marshi», «Charx yonidagi qo’shiq» kabi nomlar tasdiqlaydi. «So’zsiz qo’shiq»larning ko’pchiligiga nom berilmagan. Ularda ikki turdagi lirik obrazlar aks ettirilgan. Birinchi turdagi obrazlar o’ychan, g’amgin, yoqimli bo’lsa, ikkinchi turdagi obrazlar hayajonli, shiddatli va intiluvchan obrazlardir.

«So’zsiz qo’shiqlar» X!X asrning birinchi yarmida fortepiano ijrochiligi sanatining rivojlanishiga munosib hissa qo’shdilar. Ular musiqa sanati tarixida lirik sanatning ajoyib yodgorliklaridan biri sifatida qoldi.





Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling