Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 443 Kb.
bet80/111
Sana05.01.2022
Hajmi443 Kb.
#219150
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111
Bog'liq
Якубов Б Ҳорижий мамлакатлар мусиқа

Shopen valslari.
Vals XIX asrda nihoyatda rasm bo’lgan raqs bo’lib uni saroydagi bazmlarda ijro etishar edi. Valsning asosiy xususiyati – bu uning 34, 3/8, 6/8 o’lchovlarida yozilishidadir. Shopen ijodiy yo’li davomida o’n ettita vals yozgan. Ularni musiqaning xarakteriga qarab ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga sho’x, quvnoq xarakterdagi valslar kiradi. Ikkinchi guruhga g’amgin lirik xarakterdagi valslar kiradi. Bu valslarda vatanni sog’inish, uni qo’msash hissi ifodalangan. Bu valslarga raqs tushib bo’lmaydi. Barcha valslarda boshqa asarlardagi kabi juda chiroyli kuy – asosiy ifoda vositasidir.

Shopen valslari o’sha davrdayoq katta shuhrat qozongan. Ularning ko’pchiligi simfonik orkestr ijrosi uchun moslangan.




Etyudlar.

Etyudlar pedagogik maqsadlarda yoziladigan asarlar bo’lib, ular ijro texnikasini oshirishga yordam beradi. Ammo Shopen yaratgan etyudlar haqida bunday deb bo’lmaydi. Ularni ijro etish uchun o’quvchi emas, balki mohir ijrochi bo’lish kerak.



Shopen etyudlari yuksak darajadagi badiiy asarlardir. Kompozitor yigirma ettita etyud yozgan. Ularning barchasi murakkab asarlar bo’lib, ijro etish juda katta mahorat va tabiiy qobiliyatni talab qiladi. Etyudlarning ko’pchiligi juda tez sur’atda ijro etiladi. Ba’zilari sekin sur’atda chalinadi. Bu etyudlar g’amgin, lirik, fojiali xarakterda. Vatan mavzusi aks ettirilgan 3 sonli mi major etyudi bunga yorqin misoldir. 12-sonli do minor etyudi juda mashhur bo’lib, «inqilobiy etyud» degan nomni olgan. Unda kompozitor Polshadagi xalq qo’zg’olonini tasvirlagan. Shopen yaratgan etyudlar bu janrning kelajakda rivojlanishiga muhim zamin yaratdi.


Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling