Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 443 Kb.
bet11/111
Sana05.01.2022
Hajmi443 Kb.
#219150
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111
Bog'liq
Якубов Б Ҳорижий мамлакатлар мусиқа

Italyancha kontsert.
Kontsert janr sifatida birinchi marta Italiyada paydo bo’ldi. U erda XVII asrda skripka ijrochiligi nihoyatda rivojlangan bo’lib, yakka skripka ijrosi uchun uch qismli kontsertlar yozilar edi. Bax ana shu kontsertlarga taqlid qilib klavesin uchun kontsert yozdi. Unga "Italyancha" deb nom berdi. Kontsertning bunday deb atalishiga boshqa asos ham bor. Bax kontsertni yaratishda Italyan skripka san’ati ustalari A.Vivaldi, A.Korelli, D.Tartinilarning ijodiy uslublariga ham taqlid qilgan. "Italyancha kontsert" fa major tonalligida yozilgan bo’lib, uch qismdan iborat. Uning birinchi va uchinchi qismlari tez sur’atda, o’rta qismi esa sekin sur’atda yozilgan. Shuning uchun qismlar musiqasi xarakteri jihatidan bir-biridan farq qiladi. Birinchi qism Allegro. Musiqa nihoyatda yorqin, engil, sho’x, quvnoq xarakterda Kompozitor musiqa bezaklari bo’lgan trel va mordentlarni juda ustalik bilan ishlatgan.

Ikkinchi qism Andante. Musiqa g’amgin, lirik kayfiyatda. Uni eshitganda kech kuz paytidagi tabiat manzaralari kishining ko’z o’ngida gavdalanadi.

Uchinchi qism Presto. Juda tez sur’atda ijro etiladigan musiqa. Shod–hurramlik, tantanali kayfiyat sezilib turadi.

Italyancha kontsert Bax klavesin ijodining eng ajoyib namunasidir. Kontsertning uchchala qismi ham gomofoniya uslubida yozilgan. Ko’p ovozli uslubga xos bo’lgan xususiyatlar deyarli uchramaydi.




Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling