Tayanch iboralar.
Saltarello — italyan xalq raqsi. Sho’x, quvnoq xarakterga ega. 3/4 yoki 6/8 o’lchovida.
«Fingal g’ori» - Mendelson yaratgan uvertyura. Shotlandiya qirg’oqlari bo’ylab qayiqda qilingan sayohat taassurotlari aks ettirilgan. Uvertyuraning «Gebridlar» degan boshqa nomi ham bor.
«Go’zal Meluzina» - Mendelson yaratgan uvertyura. Meluzina—afsonaviy suv parisi. Nemis romantik adabiyotida keng aks ettirilgan obraz.
Jan Rasin — Buyuk frantsuz yozuvchisi va dramaturgi.
Nazorat savollari.
Simfonik orkestr uchun Mendelson qanaqa asarlar yozgan?
«Yoz kechasidagi uyqu» nomli uvertyura haqida gapirib bering.
«Italyancha» va «Shotlandcha» simfoniyalarda nima aks ettirilgan?
Topshiriqlar
Maruza matni asosida konspekt yozing.
Mendelson simfoniyalari va uvertyuralaridan musiqiy mavzular yodlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |