Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Mavzu: Ferents Listning fortepiano ijodi


Download 443 Kb.
bet87/111
Sana05.01.2022
Hajmi443 Kb.
#219150
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   111
Bog'liq
Якубов Б Ҳорижий мамлакатлар мусиқа

Mavzu: Ferents Listning fortepiano ijodi.
Reja:


  1. F. Listning fortepiano ijodiga xarakteristika.

  2. «Venger rapsodiyalari».


Bayoni:

List butun ijodiy yo’li davomida yaratgan fortepiano asarlari kompozitor ijodining muhim va salmoqli qatlamini tashkil qiladi. Bu asarlarda List o’zini ham buyuk fortepiano ijrochisi, ham iste’dodli kompozitor ekanligini namoyish qildi. Aynan fortepiano ijrochisi uchun asarlar yozishda List yangi ifoda vositalari va yangi kompoziciya uslublarini topdi. Barcha musiqiy fikrlarini tushunarli tarzda ifodalab berdi. Shuningdek, doimiy izlanishda bo’lgan ijodkor sifatida List fortepiano ijrochiligi san’atiga juda katta o’zgarishlar kiritdi. «XIX–asrning eng mohir ijrochilaridan bo’lgan Listning barmoqlarida butun boshli simfonik orkestr yashiringan», - degan edi kompozitorning zamondoshlari. Darhaqiqat Listning fortepiano asarlari ijro etilganda xuddi orkestr yangrayotgandek bo’ladi. Goh violonchelning juda nozik, lirik ijrosini, goh truba va trombonlarning chaqiriq ohanglarini, arfaning chiroyli passajlarini sezish mumkin. Shuningdek kompozitor torli-kamonli sozlarga xos ijro uslublarini ham fortepiano ijrochiligida qo’lladi va fortepiano tovush xususiyatlarini yanada boyitdi. Shunday qilib List fortepiano sozini imkoniyatlarini kengaytirdi va uni simfonik orkestrga yaqinlashtirdi.

Listning fortepiano ijodi quydagi janrlardagi asarlardan iborat:


  1. Parafrazalar (boshqa mualliflar asarlari mavzulariga yozilgan erkin fantaziyalar).

  2. Transkripciyalar (simfonik orkestr, organ va vokal asarlarini fortepiano ijrosi uchun qayta ishlab yozilgan asarlar).

  3. Etyudlar.

  4. Musiqiy manzaralar - turkumlarga birlashtirilgan programmali (dasturli) pesalar.

  5. Sonatalar, balladalar, polonezlar.

  6. Rapsodiyalar va boshqa ko’plab asarlar.




Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling